«Lukoyl» O‘zbekiston bilan qo‘shma loyihalar uchun 12 mlrd dollardan ortiq mablag‘ ajratishni rejalashtirmoqda, dedi Rossiya hukumati rahbari Mixail Mishustin.

Uning ta’kidlashicha, bu kompaniya tomonidan energiya salohiyatini rivojlantirishga sarmoya kiritgan 8 mlrd dollarga qo‘shimcha ravishda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston «Lukoyl» faoliyatining muhim mintaqalaridan biri hisoblanadi. 2018 yilda kompaniya Qandim gazni qayta ishlash zavodini ochgan edi.

Oldinroq, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Moskvada Rossiya hukumati rahbari bilan uchrashgani haqida xabar bergan edik.