O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Mustaqillik bayrami tadbirlarida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash uchun 30 696 nafar ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya, FVV, harbiy xizmatchilar va jamoatchilik vakillari jalb etiladi.
Ichki ishlar vazirligi huquq-tartibot idoralari xodimlarining faoliyatiga oid foto va videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” internetda e’lon qilganlik uchun jarima va 15 sutkagacha qamoq jazosini joriy etishni taklif qilmoqda. Deputat Doniyor G‘aniyev bunday tuzatishga qarshi chiqdi.
Farg‘onada haydovchisi va fuqaro janjali vaqtida bezoriga nisbatan chora ko‘rmagan IIB xodimlari ishdan olindi. Patrul-post xizmati bataloni komandiriga nisbatan hayfsan intizomiy jazosi qo‘llanildi.
Renessans TV jurnalisti «Milliy» stadioni yaqinida huquq-tartibot idoralari xodimlari OAVga to‘sqinlik qilib, kuch ishlatgani haqida xabar berdi. IIBB esa xodimlar noqonuniy xatti-harakatlar sodir etmaganini bildirdi. Yuzlab fuqarolar u yerda U-20 Osiyo kubogi finaliga chipta sotib olish uchun yig‘ilgan edi.
Tarmoqlarda voyaga yetmagan shaxs bilan IIO xodimi o‘rtasidagi og‘zaki mojaro aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB xodimlarining qo‘pollik qilganini tan olib, ularga nisbatan xizmat tekshiruv tayinlanganini ma’lum qildi.
Qo‘qon shahar IIB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tengdoshlari kaltaklashi oqibatida 14 yoshli bola vafot etgandi.O‘sha kuni markazda navbatchilik qilgan 2 nafar IIO xodimi janjal oldini olmagani uchun ishdan bo‘shatildi. Ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi mumkin.
Tarmoqlarda Farg‘onadagi IIO xodimlari bir fuqaroni bo‘g‘ib, kaltaklagani tasvirlangan video tarqaldi. IIV holat bir yil avval sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Voqea yuzasidan jinoyat ishi viloyat sudi tomonidan ko‘rilib, xodimlar harakatlarida jinoyat alomatlari yo‘q deb topilgan va oqlov hukmi chiqarilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting