«hojatxona» tegli maqolalar


O‘zbekistonda birinchi avtomatlashtirilgan hojatxona ishga tushdi
30 mart 2023, 10:32

O‘zbekistonda birinchi avtomatlashtirilgan hojatxona ishga tushdi

Toshkentning Mirobod tumanida O‘zbekistonda birinchi avtomatlashtirilgan sanitar-gigiyenik shoxobcha ishga tushirildi. Unga kirishdan avval naqd pul yoki QR kod orqali to‘lov qilinadi. Foydalanish jarayonida barcha qurilmalar inson omilisiz boshqariladi. Shoxobcha 24/7 rejimida faoliyat yuritadi.

O‘zbekistonda aholining 41 foizi kavlama ko‘rinishidagi hojatxonalardan foydalanadi — PMTI
15 mart 2023, 15:58

O‘zbekistonda aholining 41 foizi kavlama ko‘rinishidagi hojatxonalardan foydalanadi — PMTI

PMTI tahliliga ko‘ra, O‘zbekistonda aholining 41 foizi chuqur kavlama ko‘rinishidagi hojatxonalardan foydalanadi. Ekspertlar sanitariyaga zid bunday hojatxonalarni ventilyatsiya qilinadigan va plitalar bilan qoplangan holga keltirishni tavsiya etdi. Bunda tashviqot emas, moliyaviy yordam samara berishi bildirildi.

O‘zbekiston bo‘ylab «sanitariya inqilobi» amalga oshiriladi
14 iyun 2022, 17:11

O‘zbekiston bo‘ylab «sanitariya inqilobi» amalga oshiriladi

2022−2023 yillarda O‘zbekistondagi barcha sayyohlik obyektlari, aeroportlar, vokzallar va avtostansiyalarda «sanitariya inqilobi» ni amalga oshirish, ularni zamonaviy hojatxonalar bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda. Maxsus ishchi guruh sentabrgacha ushbu obyektlarda o‘rganishlar olib boradi.

«Chilonzor» metrosida tajriba tariqasida hojatxona qurilmoqda
7 yanvar 2022, 12:46

«Chilonzor» metrosida tajriba tariqasida hojatxona qurilmoqda

Toshkent metropoliteni tajriba tariqasida «Chilonzor» metro bekatida hojatxona qurishni boshladi, agar bu o‘zini oqlasa, boshqa bekatlarda ham tadbiq etiladi. Shuningdek, bekatlarda yo‘l ko‘rsatkichlarini zamonaviy dizayn asosida bosqichma-bosqich almashtirish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.

Hojatxonasi yo‘q AYOQSHlarga neft mahsulotlari va gaz yetkazib berish to‘xtatilishi mumkin
18 avgust 2020, 23:06

Hojatxonasi yo‘q AYOQSHlarga neft mahsulotlari va gaz yetkazib berish to‘xtatilishi mumkin

1 sentyabrdan hojatxonalar bilan ta’minlanmagan AYOQSHlarga neft mahsulotlari va gaz yetkazib berish to‘xtatilishi, ular litsenziyasi bekor qilinishi mumkin. Ular ushbu talabni 1 martga qadar bajarishlari kerak edi, biroq muddat uzaytirildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting