«feruza babasheva» tegli maqolalar


3 dekabr 2021, 23:03

3 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonda blokpostlar o‘rnatilishi haqidagi xabarlar yolg‘onligi ma’lum qilingani, korrupsiyani sodir etganlik uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish taklif etilgani, elektr energiyadagi o‘chishlar Toshkentda yana suv ta’minoti uzilishiga sabab bo‘lgani, Toshkent havosining ifloslanish darajasi yana keskin ko‘tarilgani — «Gazeta.uz»ning 3 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

3 dekabr 2021, 16:55

Feruza Babashevaning deputatlik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan behayo video ortidan Feruza Babashevaning deputatlik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi. O‘rta Chirchiq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi uning hamkasblari tashabbusi bilan chaqirilgan hamda tegishli qarorni 24 nafar deputatdan 23 nafari qo‘llab-quvvatlagan.

23 noyabr 2021, 10:08

Feruza Babasheva deputatlik daxlsizligidan mahrum qilindi

O‘rtachirchiq tuman Xalq deputatlari Kengashi yopiq majlisda prokuror taqdimnomasiga ko‘ra deputat Feruza Babashevani daxlsizlik huquqidan mahrum qildi. Deputat “Agrobank” boshqarma boshlig‘ining talabiga binoan sudda javobgar sifatida ishtirok etadi.

19 noyabr 2021, 12:47

«Pastkash erkaklari bor huquqni himoya qiluvchilar ishlayotgan jamiyatning borligi uyatli» — Rasul Kusherbayev

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev deputat ayol Feruza Babasheva atrofida bo‘layotgan voqealarga munosabat bildirdi. U ayolning bir erkak bilan birgalikdagi fotosuratlari va videosining ijtimoiy tarmoqlarga tarqalib ketganini keskin qoralab, «kim va nima bo‘lishidan qat’i nazar, odamni sindirish bunday usul bilan uyushtirilmasligini» ta’kidladi.

18 noyabr 2021, 02:30

Deputat Feruza Babasheva atrofida nimalar sodir bo‘lmoqda?

9 noyabr kuni prokuratura mahalliy deputat Feruza Babashevani «Agrobank» boshqarma boshlig‘ining arizasi tufayli daxlsizlik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritdi. Bir necha kundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda oktabr oyi boshida tasvirga olingan va deputatning erkak kishi bilan to‘shakdagi holati aks etgan tasvirlar paydo bo‘ldi. Feruza Babasheva viloyat IIBB xodimlarini tahdid qilish va bosim uyushtirishda aybladi. Jamoatchilik deputatni himoya qilib chiqdi. XDP shaxsiy hayotga aralashishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini eslatdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting