Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahri hokimiyati yaqinida ishchilar namoyishga chiqishgani aks etgan video lavhalar tarqaldi. Qayd etilishicha, ular o‘z ish haqlari to‘lanmagani uchun norozilik bildirishgan.

Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar hokimligi axborot xizmati rasmiy izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu fuqarolar qurilish tashkilotlari tomonidan ishga jalb qilingan bo‘lib, haqiqatan ham ularga haq to‘lash borasida kechikish yuzaga kelgan. Ular esa muammoni bartaraf etish maqsadida hokimlik mutasaddilariga murojaat qilish uchun to‘planishgan.

«Ayni paytda barcha ishchilarga ish haqlarining ma’lum qismi to‘lab berilgan. Qolgan qismini esa 18 mayga qadar to‘liq hisob kitob qilishga o‘zaro kelishilgan. Ayni paytda hokimlik tomonidan muammoni hal qilish choralari ko‘rilmoqda», — deyiladi xabarda.