Ommaviy tadbirlarda fuqarolarga reklama, aksiya ko‘rinishida oziq-ovqat va buyumlarni bepul tarqatish taqiqlandi. Qolaversa, haddan tashqari arzonlashtirilgan narxda sotish orqali jalb qilish ham mumkin emas. Yangi qaror bo‘yicha nazoratni Milliy gvardiya va IIV amalga oshiradi.
2023 yilgi davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, yangi o‘quv yilidan respublikadagi barcha boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar bepul ovqat bilan ta’minlanishi mumkin. Bu amaliyot dastlab Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yo‘lga qo‘yilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi XTV maktablarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bepul ovqat berish 11-noyabrdan boshlanishini ma’lum qildi. Jarayonlar hukumatning tegishli nizomi buzilishi ortidan g‘olib deb topilgan lotlar bekor qilinishi oqibatida kechikkan.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi maktablarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bepul tushlik tarqatish bo‘yicha vazifa ijrosini ta’minlashda kamchiliklar aniqlangan. Xususan, hukumat qarorni kech qabul qilgani, mablag‘ning kamligi va maktablarda zarur infratuzilma yo‘qligi asosiy muammolar sifatida ko‘rsatilgan.
11 oktabrdan boshlab Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh, Xo‘jayli, Qonliko‘l va Amudaryo tumanlari hamda Nukus shahridagi jami 98 ta umumta’lim maktablarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini budjet hisobidan bepul ovqat bilan ta’minlash ishlari boshlandi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqatlantirish tizimi joriy etilgandi. Hukumat bu bo‘yicha hujjatni tasdiqlab, o‘quvchilarni bepul ovqatlantirish tartibini belgiladi. Unga ko‘ra, taomnoma kundalik.com platformasi orqali yuritilib, maxsus komissiya tomonidan nazorat qilinadi.
Shavkat Mirziyoyevning Mo‘ynoq faollari bilan suhbati davomida Qoraqalpog‘istondagi maktablarning 142 ming nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bepul ovqat berilayotgani ma’lum qilindi. «Buni endi boshqa viloyatlarda yo‘lga qo‘yamiz. Hali yuqori sinf o‘quvchilariga joriy etamiz», — dedi u. Qolaversa, davlat rahbari bolalarni bog‘chalarga 2 yoshdan qabul qilishni yo‘lga qo‘yish niyati borligini, buning uchun esa mamlakat iqtisodiyoti yanada mustahkamlanishi kerakligini aytdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting