O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘istondagi voqealar yuzasidan bayonot berdi.

«Qardosh Qozog‘istonda kechayotgan so‘nggi voqealar O‘zbekistonda xavotir bilan qabul qilinib, ushbu mamlakatdagi vaziyat rivoji diqqat bilan kuzatib borilmoqda», — deyiladi bayonotda.

«Ishonchimiz komil, donishmand Qozog‘iston xalqi mamlakatda beqarorlik avj olishining oldini olishga, zo‘ravonlik va insonlar orasida qurbonlar yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslikning uddasidan chiqadi», — deya ta’kidlaydi TIV.

«Qozog‘iston xalqi o‘zaro hamjihatlikni saqlash, mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni tiklash hamda yuzaga kelgan muammolarni o‘zi mustaqil hal qilish uchun yetarli qat’iyat va irodaga egaligiga ishonamiz», — deyiladi bayonotda.

«O‘zbekiston Qozog‘iston xalqi va rahbariyatining mamlakat barqarorligi hamda ravnaqi, millat farovonligini ta’minlash yo‘lida olib borayotgan sa’y-harakatlarini cheksiz qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqlaydi», — deya qayd etdi O‘zbekiston TIV.