«baxti tashkentskiy» tegli maqolalar


“Baxti Tashkentskiy” sudi yakuni: kimga qanday hukm o‘qildi? (to‘liq ro‘yxat)
19 iyul 2024, 19:13

“Baxti Tashkentskiy” sudi yakuni: kimga qanday hukm o‘qildi? (to‘liq ro‘yxat)

“Baxti Tashkentskiy” va yana 36 kishiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Baxtiyor Qudratullayev 20 yilga qamalib, o‘ta xavfli retsidivist deb topildi. Sudlanuvchilar 3 yildan 20 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Yagona ayol sudlanuvchiga ozodlikni cheklash jazosi berildi. Batafsil.

“Baxti Tashkentskiy” 20 yilga qamaldi
19 iyul 2024, 11:15

“Baxti Tashkentskiy” 20 yilga qamaldi

Sud “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevga nisbatan 20 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.

“Baxti Tashkentskiy”: “Biz terrorist va korrupsioner bo‘lmaganmiz”
17 iyul 2024, 18:34

“Baxti Tashkentskiy”: “Biz terrorist va korrupsioner bo‘lmaganmiz”

“Baxti Tashkentskiy” va jami 37 kishiga nisbatan ochiq sud ishi davom etmoqda. 15-iyul kungi tomonlar muzokarasida advokatlar va sudlanuvchilar tinglandi. “Biz terrorist, korrupsioner bo‘lmaganmiz, odamxo‘r emasmiz. Iloji bo‘lsa, shu yerda o‘tirgan bolalarga yengillik bersangiz”, — dedi Baxtiyor Qudratullayev.

Prokuror “Baxti Tashkentskiy”ga nisbatan 20 yil qamoq jazosini so‘radi
11 iyul 2024, 18:38

Prokuror “Baxti Tashkentskiy”ga nisbatan 20 yil qamoq jazosini so‘radi

Prokuror 44 ta epizod bo‘yicha ayblanayotgan “Baxti Tashkentskiy” (Baxtiyor Qudratullayev)ga 20 yil, uning o‘g‘illariga nisbatan esa 11 va 12 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini so‘radi. Avvalroq ayblanuvchi nomi oshkor etilmagan davlat tashkiloti undan “ko‘cha”ni nazorat qilishni so‘raganini aytgandi.

“Daryo” nashrining “Baxti Tashkentskiy” sudini yoritayotgan jurnalisti IIBga chaqirildi
23 iyun 2024, 18:12

“Daryo” nashrining “Baxti Tashkentskiy” sudini yoritayotgan jurnalisti IIBga chaqirildi

“Baxti Tashkentskiy” va 36 nafar ayblanuvchi bo‘yicha boshlangan sud majlisini yoritayotgan “Daryo” jurnalisti Otabek Qo‘ldoshev IIBga chaqirildi. Jurnalist shikoyat arizasi bilan tanishtirilmay, tushuntirish xati yozdirib olingan. Uning ustidan sudga raislik qilayotgan sudya shikoyat qilgani aytilmoqda.

“Baxti Tashkentskiy” sudi: 37 kishining har biriga qanday ayblov qo‘yilayotgani bo‘yicha batafsil
6 iyun 2024, 11:06

“Baxti Tashkentskiy” sudi: 37 kishining har biriga qanday ayblov qo‘yilayotgani bo‘yicha batafsil

“Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev ishi bo‘yicha ochiq sud jarayoni davom etmoqda. Unda 37 nafar sudlanuvchining har biriga qanday ayblov qo‘yilayotgani o‘qib eshittirildi. Ularning 3 nafari aybiga qisman iqror bo‘ldi, qolganlari ayblovni rad etmoqda.

“Baxti Tashkentskiy” sudi: Baxtiyor Qudratullayev o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovni rad etdi
4 iyun 2024, 17:40

“Baxti Tashkentskiy” sudi: Baxtiyor Qudratullayev o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovni rad etdi

3-iyun kuni “Baxti Tashkentskiy” va yana 36 kishiga nisbatan sud jarayoni boshlandi. Jinoyat ishi doirasida 46 nafar jabrlanuvchi va 70 nafar guvoh mavjud. Sudda Baxtiyor Qudratullayev o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarga iqror emasligini bildirdi.

“Baxti Tashkentskiy” va yana 36 kishiga nisbatan sud boshlanadi
2 iyun 2024, 23:18

“Baxti Tashkentskiy” va yana 36 kishiga nisbatan sud boshlanadi

“Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev, uning o‘g‘li, akasi — jami 37 kishiga nisbatan 3-iyundan ochiq sud boshlanadi. Sudlanuvchilar tovlamachilik, jinoiy uyushma tashkil etish, firibgarlik, qasddan badanga shikast yetkazish, bezorilik va JKning boshqa moddalari bo‘yicha ayblanmoqda.

“Baxti Tashkentskiy”ning akasi Shuxrat Qudratullayev qo‘lga olindi
24 fevral 2024, 14:46

“Baxti Tashkentskiy”ning akasi Shuxrat Qudratullayev qo‘lga olindi

O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari tovlamachilikda gumon qilinayotgan “Baxti Tashkentskiy”ning akasi Shuxrat Qudratullayevni qo‘lga oldi. U avvalroq qidiruvga berilgandi.

Doston Xalilov O‘zbekistondan qochishga uringan vaqtda qo‘lga olindi
5 dekabr 2023, 09:22

Doston Xalilov O‘zbekistondan qochishga uringan vaqtda qo‘lga olindi

O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari Doston Xalilovni Qirg‘izistonga qochishga uringan vaqtda qo‘lga oldi. Uning Baxtiyor Qudratullayev (“Baxti Tashkentskiy”) bilan yaqin jinoiy aloqasi bo‘lgani qayd etilgan.

“Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev qo‘lga olindi
3 dekabr 2023, 21:17

“Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev qo‘lga olindi

O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari xodimlari “Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevni poytaxtda qo‘lga oldi. Shuningdek, yana ikki gumonlanuvchi ushlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting