Toshkentda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan “Baxti Tashkentskiy” va “Baxti Yangiabadskiy” laqabi bilan tanilgan 52 yoshli Baxtiyor Qudratullayev qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

бахти ташкентский, бахти тошкент, jinoiy guruhларга қарши reydlar, jinoiy guruhlarni qo‘lga olish bo‘yicha reydlar, тошкент Foto: Ijtimoiy tarmoqlar.

U Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi (Juda ko‘p miqdorda tovlamachilik), 276-modda 2-qismi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Tarmoqlarda yozishlaricha, hibsga olish 29-noyabr kuni uning poytaxtdagi Grand Mir mehmonxonasi yonidagi xonadonida bo‘lgan.

бахти ташкентский, бахти тошкент, jinoiy guruhларга қарши reydlar, jinoiy guruhlarni qo‘lga olish bo‘yicha reydlar, тошкент

бахти ташкентский, бахти тошкент, jinoiy guruhларга қарши reydlar, jinoiy guruhlarni qo‘lga olish bo‘yicha reydlar, тошкент

Bundan tashqari, Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (O‘ta yirik miqdorda tovlamachilik) bilan gumon qilinayotgan Dilshod To‘lqinovich Sharipov (1980-yilda tug‘ilgan) va Mirzaxonov Anvar Babarazhabovich (1972yilda tug‘ilgan) ushlandi.

“Ushbu shaxslar tahdid va kuch ishlatish yo‘li bilan pul mablag‘larini qonunga hilof ravishda qo‘lga kiritish bilan shug‘ullangan…Tergov davom etmoqda”, — deyiladi xabarda.

Fuqarolardan ushbu shaxslardan yoki guruh a’zolaridan jabr ko‘rganlar bo‘lsa yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lsalar, Toshkent shahar IIBBning 71 206 45 69, 71 206 49 46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99 370 73 94 Telegram raqamiga murojaat qilishlari so‘raldi.

Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi, deyiladi xabarda.

Avvalroq Toshkent shahrida huquq-tartibot idoralari tomonidan “ko‘cha bollari” va jinoiy guruhlarni aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha keng ko‘lamli reydlar o‘tkazilayotgani haqida xabar berilgandi. Tezkor chora-tadbirlar poytaxtda jinoyatchilik bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilashga qaratilgan, deya qayd etgan poytaxt ichki ishlar bosh boshqarmasi.

Kuni kecha esa Toshkent shahar IIBB xodimlari “Saidaziz medgorodok” laqabi bilan mashhur Saidaziz Saydaliyevni qo‘lga oldi. Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, u va yana bir necha kishi tovlamachilik ishi bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida hibsga olingan. Ma’lum qilinishicha, ular pul evaziga odamlarni qarzini undirib bergan.