Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov Ashxobodda «Toshkent» bog‘ining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Shu yerda «Xorazm — Toshovuz» chegaraoldi savdo zonasining qurilishiga bag‘ishlangan marosim ham bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 15-sammitida nutq so‘zlab, to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha takliflarni ilgari surdi. Xususan, 500 mln aholi yashaydigan IHTga a’zo davlatlarini savdo va investitsiya sohalaridagi katta imkoniyatlardan to‘liq foydalanishga chaqirdi. Shuningdek, davlat rahbari ishtirokchilarni navbatdagi sammitda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga taklif etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida qatnashish uchun Ashxobod shahriga bordi. Uni aeroportda Turkmaniston prezidenti kutib oldi. Ikki davlat rahbarlari sammit oldidan muzokara o‘tkazdi.
«Ashxobod» sayilgohi boshqaruvchisi bo‘lgan J-United Group kompaniyasi reklamalardagi noto‘g‘ri ma’lumot sabab tashrif buyuruvchilarga yetkazilgan zararni qoplashi kerak. Sud Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining ko‘rsatmasini o‘z kuchida qoldirdi.
Turkmanistonda Shahar kunida (25 may kuni) tug‘ilgan birinchi o‘g‘il bolaga Poytaxt yoki Ashxabod ismi, qiz bolaga Marjona yoki Maya ismi beriladi. Shuningdek, mamlakat prezidenti 8 mart kuniga barcha ayollarga 60 manat (17,1 dollar) miqdorida pul berishga topshiriq berdi.
Turkmanboshi O‘zbekiston prezidentiga maktub yo‘llab, Ashxobodda «Toshkent» madaniyat va istirohat bog‘i qurilishini ma’lum qildi. Bog‘ni loyihalashtirish va qurish bo‘yicha e’lon qilingan tenderga o‘zbek kompaniyalari ham taklif etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting