Yunusobod tumanidagi “Turkiston” metro bekati ustidan o‘tuvchi, cho‘kishi sababli yopilgan ko‘chada transport harakati tiklandi. “Gazeta.uz” muxbiri xabar berishicha, asosiy va qo‘shimcha yo‘l o‘rtasidagi yashil hudud o‘rnini beton qoplama egallagan. Foto.
Toshkentdagi Ahmad Donish ko‘chasi rekonstruksiyadan keyin piyodalar uchun noqulay va xavfli bo‘lib qoldi. Natijada aravachali ota-onalar va qariyalar qatnov qismidan kesib o‘tishga majbur bo‘lyapti. Va’da qilingan tirbandliklar ham yo‘qolmagan. «Gazeta.uz» fuqarolarning o‘zgarishlar haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.
7,5 yilga qamalgan Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari, tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan 17 yoshli Nodirbek Abdusattorov, 477,9 mln so‘mlik KIA Sorento xaridini bekor qilgan Sirdaryo hokimligi, 40 kishiga OITS yuqtirgan buxorolik ayol, bayram kunlari ish vaqti uzaytirilgan jamoat transporti, O‘zbekistonda quriladigan AES va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 29 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
DXX tomonidan Ahmad Donish ko‘chasidagi cho‘kish tufayli davlatga 4,5 mlrd so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aniqlandi. Holat yuzasidan Toshkent metropoliteni liniyalarini qurish direksiyasi va poytaxt hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi mansabdorariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ahmad Donish, Sebzor va Nurafshon ko‘chalari kesishmasi qaytadan tashkil etildi. Chorrahadan faqat to‘g‘riga harakatlanishga ustuvor ahamiyat sifatida qaralgan, o‘ngga burilish qo‘shimcha yo‘l, chapga burilishlar esa aylanma yo‘l va ortga qayrilish yo‘nalishlari orqali amalga oshiriladi. Hokimiyat qo‘llanmani e’lon qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting