Yangi Andijonda viloyat hokimligining yangi binosini qurish boshlandi (foto)
29 aprel 2024, 11:19

Yangi Andijonda viloyat hokimligining yangi binosini qurish boshlandi (foto)

Yangi Andijon shahrida investitsiya mablag‘lari asosida 4 gektar maydonda viloyat hokimligi binosini qurish ishlari boshlandi. Yangi binolar 3 va 5 qavatli shaklda qurilib, 150 ta ma’muriy xonani o‘z ichiga oladi. 1,4 gektar maydon ko‘kalamzorlashtiriladi.

Hafta davomida harorat isib boradi
29 aprel 2024, 11:13

Hafta davomida harorat isib boradi

Dam olish kunlaridagi salqin havodan so‘ng hafta davomida harorat ko‘tarila boshlaydi va +24…+31 darajagacha isiydi. Kechalari +10…+15 daraja atrofida bo‘ladi. Ayrim hududlarda shamol kuchayib chang-to‘zon kuzatiladi. Tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Shavkat Mirziyoyev ta’tildan qaytdi
29 aprel 2024, 10:39

Shavkat Mirziyoyev ta’tildan qaytdi

Bir hafta davom etgan mehnat ta’tilidan so‘ng Shavkat Mirziyoyev ish faoliyatiga qaytdi. U bugun o‘z maslahatchilari, qator vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlarini tinglaydi, hafta davomida esa Toshkent xalqaro investitsiya forumida qatnashadi.

Ikki erkak aholining yangi kvartiralar uchun to‘lagan pulini o‘zlashtirgani uchun qidirilmoqda
29 aprel 2024, 10:06

Ikki erkak aholining yangi kvartiralar uchun to‘lagan pulini o‘zlashtirgani uchun qidirilmoqda

Toshkentda fuqarolarning yangi qurilgan xonadonlar uchun to‘lagan pullarini o‘zlashtirganlikda gumonlanayotgan ikki shaxs qidiruvga berildi. Uylar tegishli ruxsatnomalarsiz qurilgani aytilmoqda. MCHJ rahbari qamoqqa olindi.

Dubay: san’atni qadrlovchilar uchun ajoyib yo‘nalish
29 aprel 2024, 09:00

Dubay: san’atni qadrlovchilar uchun ajoyib yo‘nalish

Dubay iqtisodiyot va turizm departemanti san’at muxlislari uchun diqqatga sazovor joylar va madaniy tadbirlar xaqida ma’lumot berdi.

Humo to‘lov tizimi baribir xususiylashtiriladi
28 aprel 2024, 18:24

Humo to‘lov tizimi baribir xususiylashtiriladi

Prezident qarori bilan Humo to‘lov tizimidagi davlat ulushi sotuvga chiqariladi. Noyabr oyining oxirida undagi davlat ulushi Davaktivga o‘tkazilgandi va o‘shanda gap protsessing markazini xususiylashtirish bilan bog‘liq emasligi aytilgandi.

O‘zbekistonlik futzalchilar Osiyo kubogida 3-o‘rinni oldi
28 aprel 2024, 15:15

O‘zbekistonlik futzalchilar Osiyo kubogida 3-o‘rinni oldi

O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi ketma-ket 3-bor Osiyo kubogi bronza medalini qo‘lga kiritdi. Tojikiston bilan bahsning asosiy vaqtida 5:5 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa O‘zbekiston 1:3 hisobida g‘alaba qozondi (foto, video).

Sirdaryoda 3 kishining kuygan jasadi qotillik alomatlari bilan topildi
28 aprel 2024, 14:43

Sirdaryoda 3 kishining kuygan jasadi qotillik alomatlari bilan topildi

Sirdaryo tumanida bir oiladan uch nafar shaxsning kuygan jasadi qotillik alomatlari bilan topildi. Holat yuzasidan o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o‘ldirish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tojikiston fuqarolariga vaqtincha Rossiyaga bormaslikni tavsiya qildi
28 aprel 2024, 10:06

Tojikiston fuqarolariga vaqtincha Rossiyaga bormaslikni tavsiya qildi

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolariga o‘ta zarurat bo‘lmasa, Rossiya hududiga barcha turdagi transportlarda sayohat qilishdan vaqtincha tiyilishga chaqirdi.

O‘g‘lini kaltaklab, o‘zi bilan birga ketishga majburlagan ota 5 sutkaga qamaldi
27 aprel 2024, 22:36

O‘g‘lini kaltaklab, o‘zi bilan birga ketishga majburlagan ota 5 sutkaga qamaldi

Toshkentda tog‘asi bilan birga yurgan o‘g‘lini olib ketishga urinib, uni kaltaklagan erkak 5 sutkaga qamaldi. Aniqlanishicha, yigit ota-onasining muntazam janjallari sababli ular bilan yashashni istamagan. Fevral oyida bolaning onasiga himoya orderi ham berilgani ma’lum bo‘ldi.

“Yordam berish burchimizdir” — Sankt-Peterburgdagi yong‘indan odamlarni qutqargan o‘zbekistonlik ko‘cha tozalovchisi
27 aprel 2024, 22:10

“Yordam berish burchimizdir” — Sankt-Peterburgdagi yong‘indan odamlarni qutqargan o‘zbekistonlik ko‘cha tozalovchisi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi yong‘in vaqtida o‘zbekistonlik ko‘cha tozalovchisi Olimjon Ibrohimov trubada uchinchi qavatga ko‘tarilib, bir necha kishini qutqarib qoldi. U bir vaqtlar desantchi bo‘lib xizmat qilgani haqida gapirib berdi. “Yordam berish burchimizdir, Xudo hammani ko‘rib turibdi”, — dedi u.

Poytaxt hokimi Toshkent ekologiyasidan qanchalik xavotirda?
27 aprel 2024, 21:45

Poytaxt hokimi Toshkent ekologiyasidan qanchalik xavotirda?

Toshkent hokimi “Gazeta.uz” muxbirining “Poytaxt ekologiyasi sizni xavotirga soladimi?” degan savoliga javoban shunday dedi: “Xavotirga solgani uchun 75 gektarda istirohat bog‘larini qurdik, hozir yana 25 gektarda yashil hududlar barpo etyapmiz. Har bir quruvchiga daraxt va buta ekishni majbur qilib qo‘ydim”.

Volkswagen va Volvo O‘zbekiston fuqarolarini Slovakiyaga ishga taklif qilmoqda
27 aprel 2024, 17:30

Volkswagen va Volvo O‘zbekiston fuqarolarini Slovakiyaga ishga taklif qilmoqda

Slovakiyaning Volkswagen va Volvo kompaniyalari haydovchilik, avtomobil ishlab chiqarish, kabel agregatlarini yig‘ish, montaj, avtomobillarni sinovdan o‘tkazish kabi yo‘nalishlarda O‘zbekistondan ishchilarni taklif etmoqda. Ish haqi 1200−1700 yevrodan boshlanadi.

Prezident davlat muassasalarini Yangi Toshkentga ko‘chirish bo‘yicha taklif tayyorlash topshirig‘ini berdi
27 aprel 2024, 15:59

Prezident davlat muassasalarini Yangi Toshkentga ko‘chirish bo‘yicha taklif tayyorlash topshirig‘ini berdi

O‘zbekiston prezidenti bosh vazir boshchiligidagi muvofiqlashtiruvchi kengashga uch oy muddatda vazirlik va idoralarni Yangi Toshkentga ko‘chirish bo‘yicha taklif kiritishni topshirdi.

Toshkent hokimi — tirbandlik, yo‘l va bekatlarning holati hamda mikromobillikka o‘tish haqida
27 aprel 2024, 14:18

Toshkent hokimi — tirbandlik, yo‘l va bekatlarning holati hamda mikromobillikka o‘tish haqida

Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov yo‘llarni yaxshilash uchun 500 mln dollarlik loyiha ishlab chiqilgani, shuningdek, bekatlar va tirbandlikni keltirib chiqarayotgan 30 ta eng katta chorrahani tartibga solish rejasi borligini bildirdi. Hokim odamlarni mikromobillikka o‘rgatish muhimligini ham ta’kidladi.

Navoiyda maktab o‘quvchisi boshqaruvidagi Matiz YTHga uchradi. Ikki bola halok bo‘ldi
27 aprel 2024, 11:24

Navoiyda maktab o‘quvchisi boshqaruvidagi Matiz YTHga uchradi. Ikki bola halok bo‘ldi

Navoiy viloyatida Matiz avtomashinasida uch nafar maktab o‘quvchisi YTHga uchradi. Ulardan ikki nafari voqea joyida vafot etdi, biri og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi.

“Taqiqlar amalda ishlamayapti”. O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirishdan maqsad nima?
27 aprel 2024, 11:14

“Taqiqlar amalda ishlamayapti”. O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirishdan maqsad nima?

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bukmekerlik faoliyati qonuniylashtirilishiga izoh berdi. Ta’kidlanishicha, mavjud taqiqlar “amalda ishlamayapti”. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatdan mablag‘larning chiqib ketishi yiliga 350 mln dollardan 1 mlrd dollargachani tashkil qilmoqda.

Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning 2 sherigi qamaldi
27 aprel 2024, 10:13

Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning 2 sherigi qamaldi

Chilonzor tumani sudi 40 yoshli ayolni firibgarlik bilan 80 dan ortiq kishining nomiga kredit evaziga texnika mahsulotlarini xarid qilib kelgani uchun 5 yilu 2 oyga ozodlikdan mahrum etdi. U bungacha ham 12 marta sudlangan. Shuningdek, bu ishda ayolga yordam bergan ikki yigit 5,5 yilga qamaldi.

O‘zbekiston futbolchilari U-23 Osiyo kubogi yarim finaliga chiqdi (+ video)
26 aprel 2024, 21:53

O‘zbekiston futbolchilari U-23 Osiyo kubogi yarim finaliga chiqdi (+ video)

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Saudiya Arabistonini mag‘lub etib, U-23 Osiyo kubogi yarim finaliga chiqdi (statistika, video, foto).

O‘zbekistonda 2025-yildan bukmekerlik faoliyatiga ruxsat beriladi
26 aprel 2024, 19:59

O‘zbekistonda 2025-yildan bukmekerlik faoliyatiga ruxsat beriladi

O‘zbekistonda 2025-yil 1-yanvardan tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beriladi. Bu qimor o‘yinlariga qaramlikning oldini olish va unga qarshi kurashish, mablag‘larning mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan, deb yozdi ILMA.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting