Chery Automobile 2024-yilning birinchi choragida O‘zbekistonda o‘zining birinchi plaginli gibrid elektromobilini (PHEV — plug-in hybrid electric vehicle) taqdim etishni rejalashtirmoqda. Ushbu qaror kompaniyaning ekologik toza sayohatlarni va kam uglerodli turmush tarzini targ‘ib qilish strategiyasiga mos keladi. PHEV`larning joriy etilishi O‘zbekistonda ekologik toza transportga nisbatan global tendensiyani aks ettiruvchi toza va xavfsiz hayotning yangi davrini boshlashga qaratilgan.

Iqlim o‘zgarishining tezlashishi va global energiyaga o‘tish zarurati sharoitida O‘zbekistonda elektromobillar importi sezilarli darajada oshdi. 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga qariyb 22,5 mingta elektromobil olib kelindi, bu 2022-yilga nisbatan olti baravar ko‘p deganidir. Markaziy Osiyodagi yetakchi avtomobil bozori sifatida O‘zbekiston avtomobillarni elektrlashtirish yo‘lida faol harakat qilmoqda.

chery, рекlаmа

Chery Automobile o‘zini strategik jihatdan “yashil va kam uglerodli” transport sohasida yetakchilardan biri sifatida ko‘radi. Energiyani tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha katta tajribadan foydalangan holda va doimiy tadqiqot hamda ishlanmalar orqali PHEV modellari mintaqaga yuqori samaradorlik va barqaror energiya samaradorligini olib kelishni va’da qiladi.

Ushbu modellar O‘zbekistondagi iste’molchilarga yuqori sifatli elektr transport vositalaridan foydalanish imkoniyatini beradi, bu Chery kompaniyasining barqarorlik va yashil sayohatga sodiqligini aks ettiradi.

Gibrid texnologiyalar bo‘yicha 18 yillik tajribaga ega bo‘lgan Chery`ning 2024-yilning birinchi choragida sotilishi rejalashtirilgan PHEV`i brendning ilg‘or gibrid texnologiyasini namoyish etadi. Ushbu avtomobil samarali 1,5 l Turbo dvigatel va noyob uch uzatma (ikki dvigatel va uch pog‘onali DHT uzatish) bilan jihozlangan bo‘lib, 97,6% yuqori uzatish tezligini ta’minlaydi. Maksimal quvvati 230 kVt va aylanish momenti 510 N-m bo‘lgan avtomobil yuqori ko‘rsatkichlarga erishadi — 7,5 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi va NEDC standarti bo‘yicha faqat elektr quvvati bilan 75 km gacha masofani bosib o‘tadi.

chery, рекlаmа

Chery kompaniyasining sanoat yetakchiligdan biri, kam uglerod chiqindilari bilan xavfsiz va ishonchli sayohatni ta’minlashga sodiqligi brendning O‘zbekistonning yashil va barqaror rivojlanishi maqsadlariga erishishga hamohangligini aks ettiradi.

Tiggo va Arrizo avtomobillar oilasining O‘zbekistonda mashhurligi brendning kelgusida plaginli gibrid avtomobilga bo‘lgan katta umidlarini oqlaydi.

Gibrid avtomobillarni ishlab chiqarish Chery brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Telefon: (+998) 71−276−55−55.

Sayt: cheryauto.uz
Facebook: fb.com/CheryUzbekistan
Instagram: @cheryuzbekistan
Telegram: t.me/cheryuzbekistan
Telegram-bot: t.me/cheryuzbekistanbot
YouTube: Cheryuzbekistan

Reklama huquqlari asosida.