2023-yilning yanvar noyabr oylarida O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish 355,25 ming donani tashkil etdi, bu 2022-yilning shu davriga nisbatan (282,2 ming) 25,9 foizga yoki 73 mingtaga ko‘pdir. Bu haqda “Gazeta.uz” e’tibor qaratgan Statistika agentligi ma’lumotlarida keltirilgan.

11 oy ichida UzAuto Motors Cobalt ishlab chiqarishni 90,2 mingtadan 104,57 mingtaga (+15,9%), Damas ishlab chiqarishni 65,5 mingdan 79,8 mingtaga (+21,9%), Tracker ishlab chiqarishni 4916 mingdan 40,74 mingtaga (8,3 barobar) oshirdi. Shuningdek, 29,2 mingta Onix ishlab chiqarildi.

Gentra (Lacetti) ishlab chiqarish 80,5 ming donadan 74,2 ming donaga qisqardi.

avtomobil ishlab chiqarish, статистика

“ADM Jizzax” kompaniyasi Chery gibrid va elektromobillarini ishlab chiqarishni 25,3 barobarga — 9777 donagacha oshirdi.

O‘zbekistonda avtobuslar ishlab chiqarish 1125 donadan 776 donaga (-31%) qisqardi. Bu Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm va respublikaning boshqa viloyatlariga Xitoy avtobuslari va elektrobuslarning katta partiyasini olib kirish bilan bir vaqtda yuz berdi.

Mahalliy korxonalarda o‘tgan yilning 11 oyida 3686 dona yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bu yilda 3015 donani tashkil etdi.

Shina ishlab chiqarish 17,5 foizga kamayib, 712,1 ming donani tashkil etdi. Avtomobil dvigatellari ishlab chiqarish 237,5 mingtaga (+13,8%), akkumulyatorlar ishlab chiqarish 1,03 milliontaga (+28,9%) oshdi.

Yil boshidan buyon avtomobillar importi 1,56 milliard AQSh dollarini (o‘sish 2,2 barobar), avtomobillar uchun ehtiyot qismlar 1,34 milliard dollarni (+16,8 foiz) tashkil etdi.