Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekistonda benzin taqchilligi yo‘qligini ma’lum qildi. Bu haqda u Samarqandda Verona Yevroosiyo iqtisodiy forumida ma’lum qildi, deb yozmoqda Spot.

Vazir birjada Ai-80 benzinini sotib olish limiti oshirilganiga munosabat bildirar ekan, mamlakatda yonilg‘i taqchilligi kuzatilmayotganini alohida ta’kidladi.

“Cheklov narxlarni manipulyatsiya qilishning oldini olish uchun kiritildi. Bu aholining arzon benzinga ega bo‘lishini ta’minlash uchun qilingan. Bu [import] hajmiga bog‘liq emas. Defitsit yo‘q”, — dedi Energetika vazirligi rahbari.

Mirzamahmudov, shuningdek, 21-sentabrdan Rossiya tomonidan benzin va dizel yoqilg‘isi eksportiga kiritilgan cheklovlar O‘zbekistonga yetkazib berishga ta’sir qilmagani, bu davlatlar o‘rtasida hukumatlararo kelishuv tuzilgani bilan izohlangan. Yil boshida O‘zbekistonga benzin importining aksar qismi Rossiya hisobiga to‘g‘ri kelgan.

Spot avvalroq Ai-80 benzinini xarid qilishdagi cheklovlar ulgurji xaridorlar sonining qisqarishiga olib kelgani, shu bois yoqilg‘i quyish shoxobchalari vakillari va birja brokerlari limitni kamaytirishni so‘ragani haqida xabar bergandi.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi avgust oyida Ai-80 benzinini xarid qilishning kunlik limitini 5 tonna miqdorida belgilagandi. Biroq 17-oktabrda departament “import narxlarining ichki bozorga ta’sirini yumshatish” uchun limitni ikki marta oshirgan.

Tarmoqlarda yozishlaricha, Toshkentda Ai-95 sotiladigan yonilg‘i quyish shoxobchalarini topishdagi muammolar tufayli aholi yonilg‘i quyish uchun Qozog‘istonga bormoqda, u yerda benzin va gaz O‘zbekistonnikidan 2 baravar arzonroq.