3-oktabr — seshanba kuni “O‘ztemiryo‘lovchi” kompaniyasi 20-oktabrdan O‘zbekistonda mahalliy poyezd chipta narxlari oshirilishini ma’lum qildi.

Bunga sabab qilib, kompaniya 4−5 yildan beri narx oshmaganini ko‘rsatdi. Qolaversa, mamlakatda ish haqi 2,4 barobarga, elektroenergiya va yoqilg‘i narxlarining, logistika va transport xarajatlarining sezilarli darajada oshgani aytildi. Shuningdek, yo‘lovchi vagon parklari yangilanishi, yangi poyezdlar xarid qilinishi, temir yo‘l vokzallari zamon talablariga mos ravishda saqlab turilishi uchun narx oshirilgani keltirildi.

Endi 20-oktabrdan mahalliy yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 50 foizga, yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari chiptalari narxi 100 foizga (2 baravarga) oshiriladi.

Buning ortidan ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari turli firklar bildira boshladi. “Gazeta.uz” munosabatlarning ayrimlarini bir sahifaga jamladi.

Iqtisodchi Otabek Bakirovning yozishicha, “shu kungacha Buxoro, Qarshi yo Samarqandga qatnaydigan tezyurar Afrosiyob elektropoyezdiga chipta olish uchun yo Kabmin (Vazirlar Mahkamasi)da yo administratsiya (Prezident administratsiyasi)da tanish bo‘lishi yoki qanaqadir korrupsion kanallarga murojaat qilishga to‘g‘ri kelardi”.

Bloger sohada narxlar o‘zgarishi kerak edi, degan fikrda. Biroq “zararga ishlayotgan sohada muvozanat va sifat uchun bu yetarli bo‘lmaydi”.

“Xususan, chipta sotib olish va bronlash tizimida hukumat, yirik korporativ mijozlar, turistik kompaniyalarning ustuvorligini to‘liq bekor qilish kerak. Tungi va tushgi soatlarda ham “Afrosiyob”ning qo‘shimcha qatnovlariga darcha topish lozim bo‘ladi… Odatda, erkin bozor sharoitida tezyurar poyezdlarning chiptasi narx segmenti aviachipta narxi segmentida shakllanadi. Lekin O‘zbekistonda havo va temir yo‘l transportida erkin bozor emas, strukturalashgan, vertikallashgan, monopollashgan va o‘zaro affillangan sharoit hukmron”, — deya yozadi iqtisodchi.

Shuningdek, u temir yo‘lchilardan keyin aviatashuvchilar ham chipta narxlarini jiddiy miqyosda oshirishga harakat qilib ko‘rmasmikan, degan qo‘rquvda.

Jurnalist Ilyos Safarov esa quyidagicha fikr bildirgan: “Qaysi sohani rivojlantiramiz, isloh qilamiz, deya selektor, yig‘ilish o‘tkazilayotgan bo‘lsa, o‘sha tizim yo orqaga ketyapti va (yoki) tizimdagi narxlar odamlarga og‘irligi tushadigan darajada qimmatlayapti. Iltimos, to‘xtating islohotlarni. Ma’lumot uchun: O‘zbekistonda poyezd chiptalari narxi 50 foiz, „Afrosiyob“ chiptalari narxi 100 foizga oshirildi. Odamlarning xarid qobiliyati bilan hisoblashilmaydigan ijtimoiy davlatga xush kelibsiz”.

Ta’lim eksperti Komil Jalilov chiptalarni sotib oladigan o‘qituvchilarning tahminiy holatini tasavvur qilib ko‘rgan: “Mana endi, temir yo‘l sohasidagi „islohot“ chiptalarning 100%gacha qimmattlashishiga olib keldi — endi o‘rtacha ish haqi oladigan o‘qituvchi „Afrosiyob“ tez yurar poyezdida bir o‘zi Toshkentdan Samarqandga bir marta borib kelish uchun oyligining 10%idan ko‘prog‘ini sarflashi kerak bo‘ladi”.

Troll.uz Telegram-kanali muallifi Umid Gafurov hamma narsaning narxlari oshayotgani, lekin oyliklar ko‘tarilmayotganini tanqid qilgan.

Jurnalist Shuhrat Shokirjonov shunday yaxshi umid bildirdi: “Otliqqa ham topilmaydigan chipta endi bemalolroq bo‘lib qolsa go‘rga edi shu bilan”.

афросиyoб, narxlar oshishi, poyezd, ўзtemiryo‘lovchi

афросиyoб, narxlar oshishi, poyezd, ўзtemiryo‘lovchi

Facebook foydalanuvchisi Abdulla Omon O‘zbekistonda “100 foizga oshirishni imkoni yo‘q faqat — oylik ish haqi bor”, deya kinoya qilgan.

афросиyoб, narxlar oshishi, poyezd, ўзtemiryo‘lovchi

Faollar orasida vaziyatni hazlga aylantirganlar ham yo‘q emas.

афросиyoб, narxlar oshishi, poyezd, ўзtemiryo‘lovchi

афросиyoб, narxlar oshishi, poyezd, ўзtemiryo‘lovchi

афросиyoб, narxlar oshishi, poyezd, ўзtemiryo‘lovchi

афросиyoб, narxlar oshishi, poyezd, ўзtemiryo‘lovchi

Ushbu o‘zgarishga nisbatan Twitter platformasida ham turli hazillar, fikr va munosabatlar paydo bo‘ldi.

афросиyoб, narxlar oshishi, poyezd, ўзtemiryo‘lovchi

афросиyoб, narxlar oshishi, poyezd, ўзtemiryo‘lovchi

афросиyoб, narxlar oshishi, poyezd, ўзtemiryo‘lovchi

Ma’lumot uchun, kompaniya, shuningdek, 20-oktabrdan mahalliy temir yo‘l yuklarini tashish uchun amaldagi tarif stavkalariga yangi koeffitsiyentlar o‘rnatilishini ma’lum qilgandi. Bu kompaniyaning yoqilg‘i va elektr energiyasi, yer solig‘i, mol-mulk solig‘i va ish haqi fondi uchun xarajatlarining oshishi bilan bog‘liq.