Ijtimoiy tarmoqlarda yigit qizni mashinaga majburan o‘tirg‘izib olib ketmoqchi bo‘lgani aks etgan video tarqaldi.

Kadrlarda yigit va qiz yo‘l bo‘ylab ketayotganini ko‘rish mumkin. Ularga parallel holda Lacetti avtomobili ham sekin harakatlangan, keyin esa keskin burilib, qizning yo‘lini to‘sgan. Shu payt yigit qizni ushlab, mashinaga o‘tirishga majburlagan. Biroq qiz qochishga muvaffaq bo‘lgan, shundan so‘ng noma’lum shaxslar voqea joyidan ketgan.

Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmatining “Gazeta.uz”ga xabar berishicha, holat Marg‘ilon shahrida sodir bo‘lgan. Gumonlanuvchilarning shaxsi aniqlangan, ular ichki ishlar bo‘limiga taklif qilingan, — deyiladi boshqarma xabarida.

“Vaziyat viloyat IIB nazoratiga olindi. Holat bo‘yicha keyinroq qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi”, — dedi “Gazeta.uz”ga viloyat IIB matbuot kotibi.