11-sentabr, dushanba kuni tushdan so‘ng Toshkent shahri ko‘chalarini chang-to‘zonlar qoplay boshladi. IQAir Havo sifati indeksiga ko‘ra, hozir O‘zbekiston poytaxti havo ifloslanishi bo‘yicha dunyo shaharlari reytingida o‘ntalikka chiqdi. Bunday havo zaif guruhlar uchun zararli hisoblanadi.

Ushbu reyting ma’lumotlariga ko‘ra, hozir Toshkent havosidagi konsentratsiya PM2.5 (mayda dispers chang zarrachalari) Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiya qilgan normadan 8 baravarga ko‘proqdir. Shu bois ko‘chalarda niqob taqib yurish va oynalarni yopish tavsiya etiladi.

Avvalroq, O‘zgidromet ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha, shimol, janub va cho‘l hududlarda esa 21−23 m/s gacha kuchayishi haqida ma’lum qilgandi.

“Ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat +29…+32 daraja bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.

Soat 15:46 holatiga ko‘ra, poytaxt ko‘chalarida ko‘rish masofasi tobora qisqarib bormoqda, Toshkentning ko‘plab baland binolari allaqachon chang-to‘zonlari orasida qolib ketdi. Normal ob-havo sharoitida shahardan Toshkent viloyatidagi tog‘lar ko‘rinib turgan bo‘lsa, ayni vaqtda chang bunga to‘sqinlik qilmoqda.

Tarmoqlar foydalanuvchilari xronologik kasalliklari, shu jumladan, nafas yo‘llari kasalliklari bilan og‘riyotganlar nafas olishga qiynalayotgani haqida yozmoqda. “Gazeta.uz” muxbirlari shahar bo‘ylab olgan suratlardan ham havoning qanchalik changga to‘lganini ko‘rish mumkin.

Chang to‘zoni boshlanganidan bir necha soat o‘tgach, poytaxt hokimligi aholini ob-havo buzilishidan ogohlantirib chiqdi: “Noqulay ob-havo sharoitida avtotransport vositalarini daraxtlar tagida qoldirmasligingizni, o‘zingiz va yaqinlaringizni ehtiyot qilishingizni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

Yevgeniy Sorochin suratlari / “Gazeta.uz”

ob-havo, chang, chang-to‘zonlar

ob-havo, chang, chang-to‘zonlar

ob-havo, chang, chang-to‘zonlar

ob-havo, chang, chang-to‘zonlar

ob-havo, chang, chang-to‘zonlar

ob-havo, chang, chang-to‘zonlar

ob-havo, chang, chang-to‘zonlar

ob-havo, chang, chang-to‘zonlar

ob-havo, chang, chang-to‘zonlar

ob-havo, chang, chang-to‘zonlar

Foto: https://twitter.com/Shef_Uz.

14 qavatda yashovchi Anvar Ilyasov shunday yozmoqda: “Mana senga olam-olam chang, olinglar, chang cheklanmagan”. U shuningdek, bu ayni hozir sodir bo‘layotgani va O‘zgidromet hamda FVV sms ogohlantirishlar yubormaganini tanqid qilgan.

Foto: Baxtiyor Nasimov.

ob-havo, chang, chang-to‘zonlar

ob-havo, chang, chang-to‘zonlar

ob-havo, chang, chang-to‘zonlar