O‘zbekiston prezidenti qaroriga asosan general-mayor Nazarmuhamedov Davron Abitovich ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Ma’naviy — ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Davron Nazarmuhamedov 2019-yil iyun oyidan buyon Xorazm viloyatiIIB boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi. Bungacha 2014-yil sentabridan ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Avvalroq esa Prezident devonida ishlagan, IIV Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari bo‘lgan.

Iichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Azizbek Ikromov iyul oyi oxirida Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan edi. Ushbu viloyat IIBning sobiq boshlig‘i Muhiddin Jo‘rayev jinoyatchilik ko‘paygani uchun prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan ishdan bo‘shatilgandi.