«aydar-arnasoy» tegli maqolalar


Jizzaxda baliqlarni noqonuniy ovlagan fuqaro tabiatga salkam 58 mln so‘m zarar yetkazdi
31 iyul 2023, 15:05

Jizzaxda baliqlarni noqonuniy ovlagan fuqaro tabiatga salkam 58 mln so‘m zarar yetkazdi

Aydar-Arnasoy ko‘llarida 175 bosh oqsila baliqlarini noqonuniy ovlangan fuqaro tabiatga salkam 58 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlandi. Holat bo‘yicha hujjatlar Jizzax viloyat prokuraturasiga yuborildi.

Jizzaxda fuqaro 113,5 kg baliqni noqonuniy ovlab, tabiatga 178,5 mln so‘m zarar yetkazdi
20 iyul 2023, 14:58

Jizzaxda fuqaro 113,5 kg baliqni noqonuniy ovlab, tabiatga 178,5 mln so‘m zarar yetkazdi

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida fuqaro 113,5 kg baliqni noqonuniy ovladi. Tabiatga 178,5 mln so‘m zarar yetgan. Hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi ishonchli boshqaruvga beriladi
14 yanvar 2022, 22:44

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi ishonchli boshqaruvga beriladi

«Aydar-Arnasoy» ko‘llar tizimi direksiyasidagi davlat ulushini investorga ishonchli boshqaruvga topshirish belgilanmoqda. Bundan tashqari, Arnasoy suv omborida bir yil muddatga baliq ovlashga moratoriy e’lon qilish rejalashtirilmoqda.

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi boshiga Orol dengizining kuni tushishi mumkin
21 dekabr 2021, 09:28

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi boshiga Orol dengizining kuni tushishi mumkin

So‘nggi yillarda Chordara suv omboridan Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimiga chuchuk suv quyilayotgani yo‘q. Suv sathining pasayishi va tarkibining sho‘rlanishi natijasida qirg‘oqlari ayrim joylarda 15−50 m ga chekinib, 15−20 sm gacha tuz qatlami hosil bo‘ldi, suvning sho‘rlanish darajasi keskin oshdi. Senatorlar va Ekologiya qo‘mitasi rahbari o‘rinbosarlari Orol dengizining kuni boshiga tushishi mumkin bo‘lgan ekotizim muammolari haqida gapirdi.

Aydar-Arnasoy ko‘lidan baliq ovlash hajmi yiliga 20 ming tonnaga oshiriladi — prezident
8 noyabr 2021, 22:17

Aydar-Arnasoy ko‘lidan baliq ovlash hajmi yiliga 20 ming tonnaga oshiriladi — prezident

Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Aydar-Arnasoy hududida ekoturizmni rivojlantirish uchun, avvalo, suv hajmi barqarorligini ta’minlash, bioxilma-xillikni asrash kerakligi ta’kidlandi. Ko‘llar atrofida qo‘shimcha sayyohlik zonalari va dam olish maskanlari barpo etish, baliq ovlash hajmini 4 ming tonnadan 20 ming tonnaga yetkazish va qirg‘oqlar bo‘yidagi 800 gektar yerda daraxt va butalar ekish topshirildi.

Aydar-Arnasoy ko‘lida turistik zona tashkil etiladi
16 iyun 2021, 11:07

Aydar-Arnasoy ko‘lida turistik zona tashkil etiladi

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi va To‘dako‘l ko‘lida rekreatsion ko‘llar hududi tashkil etiladi. Mazkur hududda ekoturistik obyektlar, ovchilik va suvda dam olish hududlari, 1200 o‘ringa mo‘ljallangan avtoturargoh hamda savdo hududi quriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting