Bir guruh aviatsiya ixlosmandlari va spotterlar rasmiylardan bir necha yillardan buyon Toshkentda aviatsiya muzeyini ochishni talab qilib kelayotganiga qaramasdan, barcha urinishlar samarasiz yakunlanmoqda.

Bir paytlar shaharda samolyotlar ishlab chiqaradigan ulkan korxona — Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi faoliyat ko‘rsatardi. Hozirda uni logotipida samolyot tasvirlangan Aviator nomli taniqli tarmoq supermarketi eslatib turibdi, xolos.

2017-yilning kuzida O‘zbekiston prezidenti Astronomiya instituti yonida astronomiya va aeronavtika parkini ochish to‘g‘risidagi qarorni imzolaganida kamida kichik samolyotlar parki yaratsa, degan umid paydo bo‘lgan edi. Hujjatda Mudofaa vazirligi, Milliy aviakompaniya va Toshkent mexanika zavodi (sobiq TAPOiCh hududida joylashgan) tasarrufidagi aviamodellar mazkur parkka joylashtirish haqida so‘z borgandi. 2019-yilning yozida loyihani amalga oshiruvchi kompaniya Mudofaa vazirligi bilan samolyotlar va vertolyotlarni o‘rnatish bo‘yicha shartnoma imzolaganini ma’lum qildi. O‘shandan beri loyiha haqida hech narsa ma’lum emas. O‘tgan yilning kuzida ushbu saytda gul bog‘ini tashkil etish bo‘yicha hukumat qarori loyihasi paydo bo‘ldi.

2021-yil boshida poytaxt hokimligi tomonidan obodonlashtirish va yangi bog‘lar barpo etish bo‘yicha loyihalar taqdim etildi, ular orasida aviapark tashkil etish taklifi ham bor edi. Bu loyiha ham amalga oshirilmadi.

2022-yil yanvar oyida hukumat mamlakat aeroportlarida aviaspottingga rasman ruxsat berdi. Shu bilan birga, bu haqdagi qarorda Uzbekistan Airports kompaniyasiga Mudofaa vazirligi va Toshkent hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Milliy aviatsiya muzeyini tashkil etish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish topshirildi. Loyihaning holati haqida hech narsa ma’lum emas.

So‘nggi yillargacha TAPOiCh hududida bir nechta tarixiy samolyotlar saqlanib qolgandi, biroq sobiq aviatsiya zavodi hududlari o‘zlashtirilgach, bu samolyotlar olib tashlandi. Hozirda ularning ba’zilari samolyotlar sinovdan o‘tkazilgan sobiq TAPOiCh parvoz sinov stansiyasi hududida joylashgan. Ob-havo sharoiti ta’sirida samolyotlar asta-sekin yo‘qolib bormoqda. Hozirda uning yaqinida fuqarolik (ishbilarmonlik) aviatsiyasi aeroporti qurilmoqda.

Manba: Google EarthManba: Google Earth

“So‘nggi yillarda aviatsiya sohasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatda allaqachon bir emas, bir nechta aviakompaniyalar ishlamoqda, aeroportlar rekonstruksiya qilinmoqda va yangilari qurilmoqda, ilgari faqat orzu qilish mumkin bo‘lgan aviaspotting qonuniylashtirildi. Ochiq osmon ostidagi aviatsiya muzeyining tashkil etilishi yoshlarning aviatsiya va texnikaga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, sayyohlarni jalb etish hamda Toshkentning samolyotlar ishlab chiqarilgan shahar sifatida tarixini saqlab qolish imkonini beradi. Bizda temir yo‘l texnikasi muzeyi bor, nega aviatsiya muzeyini yaratmaslik kerak?” — deydi uzoq yillardan buyon shu g‘oya bilan yashab kelayotgan Abror Satimov.

U bir vaqtlar TAPOiChda ishlagan, aeromodellik mashg‘ulotlarida dars bergan (hali ham modellar yaratadi) va samolyotlar va muzey g‘oyasi haqida soatlab gapira oladi.

Uning fikricha, muzey ekspluatatsiyadan chiqarilgan va ishlab chiqarish tugallanmagan samolyotlar sobiq samolyot zavodidan olib kelingan joyda tashkil etilishi mumkin. Potensial eksponatlarni tashish uchun hech qanday xarajatlar bo‘lmasligidan tashqari, u yer TAPOiChda qurilgan samolyotlarning ilk parvozlari amalga oshirilgan joy sifatida ham tarixiy ahamiyatga ega.

Ochiq manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hududda Il-76MF, Il-114T (nodir yuk versiyasi), AN-8 va Tu-154B, Tu-134, An-12, MiG-21 va boshqa kamyob va noyob samolyotlar mavjud. Ular jahon aviatsiyasi tarixi uchun ham qimmatli bo‘lib, bu O‘zbekiston chegarasidan uzoqda joylashgan aviatsiya muzeyiga qiziqishni ta’minlashi shubhasiz, deya ma’lumot berdi aviaspotterlar Rustam Mannanov va Asqar To‘ranazarov.

Muzeyning ochilishi yangi ish o‘rinlari yaratish, sayyohlarni jalb etish imkonini beradi. Hudud shahar chekkasida joylashgan bo‘lib, transportda muammo tug‘dirmaydi, kirish yo‘li mavjud. Muzeyga kelgan mehmonlar e’tiborini tortadi. Bu ajoyib jamoat maydoni bo‘lishi mumkin. Ma’ruzalar, uchrashuvlar, texnik to‘garaklar, jumladan, samolyotlarni modellashtirish uchun sharoit yaratilsa, bu texnika fanlarini ommalashtirish, muhandis-texnik mutaxassislarni yetishtirishga xizmat qiladi.

Sanab o‘tilgan samolyotlardan tashqari, ularning katta qismi, shu jumladan noyob nusxalari butun mamlakat bo‘ylab tarqalib ketgan. Hokimlik va istirohat bog‘lariga topshirilgan ko‘plab samolyotlar ayanchli ahvolda yoki yo‘qolgan.

Toshkent shahrining Uchtepa tumani hokimligida turgan An-26 harbiy-transport samolyoti buning yorqin misolidir. U a’lo holatda topshirilgan, ammo hozir tashlandiq holda (xaritaga qarang).

Foto: Mark Yaskov.Foto: Mark Yaskov.

Foto: Mark Yaskov.Foto: Mark Yaskov.

Angren shahar bog‘iga o‘tkazilgan Yak-40ni ham eslash mumkin. Samolyot ko‘mir va o‘tirnlar uchun ombor sifatida ishlatilgan. O‘tgan yili u yong‘in natijasida vayron bo‘lgan.

Ochiq manbalardan olingan foto.Ochiq manbalardan olingan foto.

Shuningdek, Do‘stobod shahrida turgan Yak-40 samolyoti o‘tgan yili Nurafshonda metallolomga ajratib tashlandi.

aviaspotting, виация muzeyi, тапоич

Foto: Abror Satimov.

Foto: Abror Satimov.Foto: Abror Satimov.

Yana bir achinarli misol — Olmaliqdan, postamentda turgan An-12 samolyoti tushirilgan va parchalarga ajratilgan.

aviaspotting, виация muzeyi, тапоич

Foto: Abror Satimov.Foto: Abror Satimov.

“Afsuski, bunday misollar ko‘p. Barcha samolyotlarni bir joyda to‘plash orqali haqiqiy Milliy aviatsiya muzeyini yaratish mumkin. Bu, shubhasiz, fuqarolar va mehmonlarning sevimli joyiga aylanadi. Buning uchun hali imkoniyat bor”, — deb hisoblaydi Abror Satimov.

Aviatsiya muzeyi ekspozitsiyasini to‘ldirishi mumkin bo‘lgan mamlakat hududida joylashgan samolyotlar va vertolyotlar ro‘yxati:

  • Tu-124, noyob nusxasi, dunyoda atigi 5−6 dona bor (Ulug‘nor, Andijon viloyati);
  • Yak-42, seriyali ishlab chiqarishdan oldingi noyob nusxasi (Qoraqalpog‘iston);
  • Mi-26, dunyodagi eng yirik vertolyotlardan biri (Chirchiq, Toshkent viloyati);
  • Hawker 800 (Termiz aeroporti);
  • Ka-26 (Urganch, Xorazm viloyati);
  • An-26 (Toshkent, Uchtepa tumani);
  • Su-19 (Toshkent, Uchtepa tumani);
  • IL-14 (TMZ, sobiq Duboviy, Toshkent sh., Yashnobod tumani);
  • Yak-40 (Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi, Toshkent sh., Yangihayot tumani).

Mening Fikrim jamoaviy murojaatlar portalida Toshkentda aviatsiya muzeyini tashkil etish bo‘yicha petitsiya yaratildi. Mazkur tashabbusga quyidagi havola orqali ovoz berish mumkin.