Iyul oyida O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

So‘nggi 8 yil ichida O‘zbekistonda barcha iyul oylari iqlim me’yoridan issiqroq bo‘ldi. Joriy yilda mamlakatning aksariyat hududlarida oylik harorat o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkentda Hayit namozi o‘qilishi sababli ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

28-iyun kuni Hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan Toshkent shahridagi qator ko‘chalar va yo‘llarda avtotransport vositalari harakati soat 00:00 dan 7:30 gacha to‘xtatiladi (ro‘yxat).

Jizzax viloyatidagi kanaldan chaqaloqning jasadi topildi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududidan oqib o‘tuvchi kanaldan o‘g‘il bola jinsiga mansub chaqaloqning jasadi topildi. Sud-tibbiyot ekspertizasida uning o‘lik tug‘ilgani aniqlandi.

SSV tibbiy sug‘urta uchun shaxsiy ma’lumotlarni internet orqali uzatmaslikka chaqirdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi poliklinikalarda ro‘yxatdan o‘tmaganlarga davlat tibbiy sug‘urta tizimida xizmatlar pulli ko‘rsatilishi haqidagi ma’lumotni rad etdi. Ro‘yxatdan o‘tish faqatgina poliklinikaga shaxsiy tashrif bilan amalga oshiriladi. Hujjatlarning nusxalarini internet orqali yuborish mumkin emas.

Jizzaxda 57 kishi ovqatdan zaharlandi

Jizzax shahridagi oshxonalarning birida taomlangan 57 kishi zaharlanib, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qildi. Ularning 11 nafariga yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berildi, 46 nafarining ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda. Prokuratura holatni o‘rganyapti.

Prezident Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillarini mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan qator OAV vakillarini orden va medallar bilan mukofotladi (ro‘yxat).

“Gazeta.uz” Oliy sud o‘tkazgan tanlov nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi

Oliy sud USAID hamkorligida sudlar faoliyati yuzasidan to‘g‘ri va xolisona fikrni shakllantirgan, bajarilayotgan ishlarni jamoatchilikka yetkazishda qonun talabi bilan ishlayotgan OAV vakillarini taqdirladi. “Gazeta.uz” internet nashri “Internet va bosma nashrlar” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi — Qirg‘iziston TIV

Rossiyaning Samara viloyatida 27-iyunga o‘tar kechasi YTH sodir bo‘ldi. Qirg‘iziston TIV ikki Qirg‘iziston fuqarosi, shuningdek, to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqida xabar berdi.

“Gazeta.uz”da e’lon qilingan videoreportaj:

Toshkent tibbiy sug‘urta tizimiga o‘tmoqda. Pasport va guvohnoma nusxasi nega kerak?

Poytaxtda tuman tibbiyot markazi xodimlari aholidan pasport va guvohnomalarining nusxasini olib kelishni so‘ramoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda shu kabi fikrlar ko‘paydi. Aytilishicha, bu 1-iyuldan poytaxtdagi barcha oilaviy poliklinikalarning tibbiy sug‘urta tizimiga o‘tishi bilan bog‘liq. “Gazeta.uz” ushbu holatni o‘rgandi va savollarga Chilonzor tuman tibbiyot birlashmasi misolida javob oldi.