7-iyun kuni Buxoroda Ispaniya fuqarosi to‘satdan vafot etdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati.

1958-yilda tug‘ilgan Amez Perez Antonio Buxoroning tarixiy qismida joylashgan Haqiqat ko‘chasini aylanib yurgan. Tarixiy buyumlar savdo rastasi oldida savdolashib turgan vaqtida to‘satdan hushidan ketib, voqea joyida vafot etgan.

Uning tobi qochib yiqilganidan 22 daqiqa o‘tib, tez tibbiy yordam xodimlari voqea joyiga yetib kelgan. Hozirda holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.