“Gazeta.uz”da mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yil boshidan buyon O‘zbekiston Rossiyadan benzin importini sezilarli darajada oshirdi.

2022-yilda O‘zbekiston 161,68 mln litr benzinni 99,28 mln dollarga yoki litrini 0,61 sentga (Markaziy bankning o‘tgan yilgi o‘rtacha kursi bo‘yicha litri 6 782,3 so‘m) import qildi. Benzinning markalari ko‘rsatilmagan.

Yetkazib berilgan benzinning asosiy qismi (88 foizi) Rossiyadan kelgan — 142,7 mln litr 88,44 mln dollarga (0,62 sent yoki litri 6846,4 so‘m).

O‘zbekistonga benzin importi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni (10,1%) Turkmaniston egalladi — 16,34 mln litr 8,85 mln dollarga (0,54 sent yoki litri 5985,8 so‘m). Belarus, Tojikiston va Turkiyadan esa kichik hajmdagi benzin olib kelindi.

2023-yil boshida benzin importi miqdori bir necha barobar oshdi. Dastlabki to‘rt oyda 335,2 mln litr benzin import qilingan, bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb 2 barobarga ko‘p. Yetkazib berishning umumiy qiymati 136,67 mln dollarni yoki litri 0,4 sentni (Markaziy bankning joriy yilning yanvar-aprel oylari uchun o‘rtacha kursi bo‘yicha 4624,4 so‘m) tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb 50 foizga arzon.

Deyarli barcha benzin (97,7 foiz) Rossiyadan import qilingan. Mamlakat Rossiyadan o‘tgan yilga nisbatan 2,3 baravar ko‘p — 327,8 mln litr benzinni 132,3 mln dollarga (litri 0,4 sentdan yoki 4579 so‘m) sotib oldi.

Turkmanistondan 2,15 mln litr (0,6 foiz) benzin 1,41 mln dollarga (litri 0,65 sent yoki 7452 so‘m), Belarusdan 1,7 mln dollarga 2,33 mln litr (litri 0,73 sent yoki 8316,7 so‘m) benzin sotib olindi.

O‘zbekiston Qirg‘izistondan ham benzin import qilishni boshladi. Yil boshidan buyon Qirg‘izistondan 1,11 mln dollarga (litri 0,4 sent yoki 4555 so‘m) 2,76 mln litr (ulush 0,8%) benzin sotib olingan.

Mamlakat
2022
2023-yanvar-aprel
hajmi (ming litrda)
narxi (ming dollar)
hajmi (ming litrda)
narxi (ming dollar)
Jami
161 681,9
99 277,0
335 234,7
136 672,0
Rossiya
142 697,3
88 446,9
327 820,0
132 344,2
Belarus
2 577,4
1 945,8
2 334,0
1 711,3
Turkmanistan
16 336,5
8 853,0
2 148,8
1 411,8
Qirg‘iziston
-
-
2 765,8
1 110,8
BAA
-
-
166,0
94,0
Tojikiston
39,3
17,3
-
-
Turkiya
31,3
14,0
-
-

Rossiyadan import qilinadigan benzin miqdori qisqarishi mumkinmi?

Avval xabar berganimizdek, Rossiya hukumati birja savdolarida narxlar oshishi sababli benzin eksportini qisqartirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Ta’minotning kamayishi O‘zbekistonga ta’sir qilishi mumkin.

O‘zbekistonda mahalliy benzin ishlab chiqarish, ayniqsa, Ai-80 yoqilg‘isiga bo‘lgan talab to‘liq qoplanmaydi. “O‘zbekneftgaz” milliy ishlab chiqarish quvvati bilan talabni to‘liq qondirish imkoniyati cheklanganini tan oldi. Dekabr va yanvar oylarida ob-havo harorati keskin sovib ketishi hamda avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari faoliyatiga cheklovlar joriy etilgan, shu sababli aholining Ai-80 avtobenziniga bo‘lgan talabi taklifga nisbatan keskin oshgan.

O‘tgan yili O‘zbekistonda 1,26 mln tonna (880,4−924,4 mln litr) benzin ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu 2021-yilga nisbatan 11,4 foizga ko‘pdir. 2023-yilning yanvar-aprel oylarida ishlab chiqarish hajmi 504,6 ming tonnani (+31,9%) tashkil etdi.

Benzin importining keskin oshishi o‘tgan yilning dekabr oyi boshidan joriy yilning oxirigacha import va mahalliy Ai-80 benziniga aksiz solig‘ining bekor qilinishi hamda prezidentning benzin va dizel yoqilg‘isi zaxirasini shakllantirish bo‘yicha topshirig‘i bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Yanvar oyi oxirida O‘zbekiston ham Rossiyadan Ai-80 benzinini import qilishni boshladi. Keyin Rossiyaning “Gazprom”, “Tatneft” va “Orsknefteorgsintez” neftni qayta ishlash zavodi kabi kompaniyalari bilan 50 ming tonna Ai-80, shuningdek, xususiy tadbirkorlar bilan 5 ming tonna ayni markadagi benzin importi bo‘yicha shartnomalar imzolandi.