2023-yil boshidan beri gaz ta’minoti korxonalarining 9 nafar xodimi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikka tortildi, deb xabar bermoqda “Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati.

Tahlillarga ko‘ra, eng ko‘p huquqbuzarliklar iste’molchilar bilan bevosita aloqada bo‘lgan xodimlar tomonidan sodir etilgan.

Servis xizmatining 6 nafar xodimi firibgarlik uchun huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan hibsga olingan. Ushbu vakolati bo‘lmagan mutaxassislar iste’molchilarga tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzish holatlariga yo‘l qo‘yib berish, abonent foydasiga hisob-kitob tizimiga o‘zgartirishlar kiritish va iste’mol qilingan yonilg‘i uchun qarzni hisobdan chiqarishga va’da bergani aytilmoqda.

Boshqa 3 nafar xodim o‘z faoliyatlarini xo‘jaliklarni yuritish va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish sohalarida amalga oshirgan. Sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun qo‘lga olinganlarga nisbatan tergov choralari ko‘rilmoqda.

AJ fuqarolardan gaz ta’minoti tizimi xodimlari bilan til biriktirmasliklari va ularning noqonuniy xatti-harakatlari to‘g‘risida (1104 raqami orqali) xabar berishlarini so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida O‘zbekistonda ulgurji iste’molchilar tomonidan qariyb 30 mln kub metr hajmdagi (28,9 mlrd so‘mlik) tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.