O‘zgidromet xizmati agentligi hafta davomida — 13−17 mart kunlari kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Ushbu hafta davomida respublika hududi bo‘yicha asosan kam bulutli, quruq ob-havo bo‘ladi. Yakshanba kungi sovuqdan so‘ng, dushanba kunduz kuni havo isiy boshlaydi va haftaning o‘rtasiga kelib, kunduzgi havo harorati +22…+25 darajaga yetadi, janubda ba’zi joylarda +26…+28 darajagacha bo‘ladi.

Haftaning ikkinchi yarmida Qozog‘iston bo‘yicha o‘tayotgan antitsiklon respublika hududi bo‘yicha kunduzgi havo haroratini +18…+20 darajagacha biroz pasaytiradi.

15−16 mart kunlari respublikaning shimoliy va cho‘l hududlarida shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. 13−15 martda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Toshkent shahrida dushanba kunduzi va hafta oxirigacha havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqiy yo‘nalishda birozdan o‘rtachagacha bo‘lgan tezlikda esadi. Havo harorati asosan +18…+22 daraja bo‘ladi.