Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga Ulug‘bek Egamov direktor bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. U mazkur tayinlovga qadar agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Farmatsevtika agentligining sobiq direktori Sardor Kariyev «Dok-1 Maks» va «Ambronol» siropining nojo‘ya ta’siri sababli bolalar vafoti bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergovi doirasida qamoqqa olindi. 2019 yil fevralidan beri agentlikni boshqarib kelgan Sardor Kariyevni prezident Shavkat Mirziyoyev 2022 yilning dekabr oyida lavozimidan ozod etgandi.