Turkiyadagi zilzilalarda 40 642 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Zilzilalarda 40 ming 642 kishi hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar qildi Turkiya Tabiiy ofatlarni boshqarish boshqarmasi (AFAD).

жаҳон янгiлiкларi

Shuningdek, 108 068 kishi jabrlangan. 430 mingdan ortiq aholi tabiiy ofat zonasidan boshqa hududlarga olib chiqildi.

Qidiruv va qutqaruv ishlari ertaga to‘xtatiladi.


Turkiyadagi zilzilalardan omon qolgan 7 kishi mamlakatning markaziy qismidagi yong‘inda halok bo‘ldi

Turkiyada 6 fevral kuni sodir bo‘lgan kuchli zilziladan omon qolgan yetti nafar fuqaro o‘zlari vaqtincha yashab turgan mamlakatning markaziy qismidagi Koniya shahrida sodir bo‘lgan yong‘inda halok bo‘ldi. Bu haqda Sinxua mahalliy OAVga tayanib xabar berdi.

Halok bo‘lganlarning barchasi sakkiz kishilik suriyalik oiladan bo‘lib, o‘tgan haftada sodir bo‘lgan kuchli zilzilalardan so‘ng janubdagi Gaziantep viloyatidan Koniyaga ko‘chib o‘tgan, deya xabar beradi Anadolu axborot agentligi.

Qayd etilishicha, qurbonlar ikkala ota-ona va 4 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan besh nafar bola bo‘lgan. Voqea guvohining aytishicha, yong‘inga tun davomida qoldirilgan elektr isitgich yoki pechka sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.


Turkiyada zilziladan 296 soat o‘tib, vayronalar ostidan omon qolganlar topildi

Shanba kuni Turkiya janubida sodir bo‘lgan halokatli zilziladan 296 soat o‘tib, vayronalar ostidan uch kishi tiriklayin olib chiqildi.

Mahalliy matbuotning xabar berishicha, Xatay viloyatining Antakya tumanida qidiruv-qutqaruv guruhlari zilziladan 12 kundan ortiq vaqt o‘tib, vayronalar ostidan omon qolgan 3 kishini qutqarib oldi.

Omon qolgan uch kishi (bir bola, bir ayol va bir erkak) mahalliy shifoxonaga yetkazilgan. Ularning shaxsi hali aniqlanmagan.


Missisipidagi otishmada olti kishi halok bo‘ldi, gumondor hibsga olingan

Juma kuni AQShning Missisipi shtatida olti kishi otib o‘ldirildi. Bu haqda BBC mahalliy hokimiyatga tayanib xabar berdi.

жаҳон янгiлiкларi

Teyt okrugi sherifining ma’lum qilishicha, otishma qurbonlarni Arkabutla shahridagi bir nechta joylarda o‘ldirgan.

«Buning uchun javobgar bo‘lgan shaxs tiriklayin hibsga olingan», dedi Missisipi gubernatori Teyt Rivz juma kuni. «Hozircha u yolg‘iz harakat qilganiga ishonamiz. Uning sabablari hozircha ma’lum emas», — deya qo‘shimcha qildi gubernator.


AQShdagi sanitariya kompaniyasi 100 dan ortiq bolalarni xavfli ishlarda ishlatgani aniqlandi

AQShdagi eng yirik oziq-ovqat xavfsizligi kompaniyalaridan biri xavfli ishlarda ishlash uchun 100 dan ortiq bolalarni yollagan. Bu haqda juma kuni mamlakat Mehnat vazirligi ma’lum qildi.

Viskonsin shtatining Kiler shahrida joylashgan Packers Sanitation Services /PSSI/ Mehnat vazirligi tekshiruvida kompaniya «13 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan kamida 102 nafar bolani xavfli ishlarga — sakkizta shtatdagi 13 ta go‘shtni qayta ishlash korxonalarida tungi smenada ishlashga jalb qilgani va ularni majburlagani»ni aniqlanganidan keyin 1,5 mln dollar fuqarolik jarima to‘lagan», — deyiladi xabarda.

2022 yil avgust oyida boshlangan tergov ma’lumotlariga ko‘ra, bolalar xavfli kimyoviy moddalar bilan ishlagan va go‘shtni qayta ishlash uskunalarini, jumladan, pichoq, arra va boshqa o‘tkir tig‘li uskunalarni tozalashgan.


Pokistonning Karachi shahrida politsiya binosiga uyushtirilgan terakt oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi

Pokiston janubidagi Sind viloyati markazi Karachi shahrida juma kuni kechqurun politsiya boshlig‘i idorasiga uyushtirilgan terakt oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mintaqa hukumati matbuot kotibi Murtazo Vahob shanba kuni «Tvitter»da ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari binoga hujum qilgan uch nafar jangarini yo‘q qilgan. Bundan tashqari, uch nafar xavfsizlik xodimi va bir fuqaroning o‘limi tasdiqlandi, yana 19 kishi yaralandi, ulardan biri og‘ir ahvolda.

Karachi janubiy okrugi bosh inspektori o‘rinbosari Irfan Balohning so‘zlariga ko‘ra, terrorchilar binoga asosiy darvoza orqali kirgan va hujum vaqtida 25 dan ortiq granatadan foydalangan.

Hujum uchun mas’uliyatni mamlakatda taqiqlangan «Tahrik-i-Tolibon Pokiston» tashkiloti o‘z zimmasiga oldi. Juma kuni kechqurun e’lon qilingan bayonotda aytilishicha, hujum nishoni Karachi politsiya boshqarmasi bo‘lgan.


Parijdagi savdo markazilaridan birida ommaviy sarosima ro‘y bergani xabar qilindi

Parijning Defans tumanidagi savdo markazida erkak baland qavatdan sakrab tushganidan keyin ommaviy sarosima boshlandi, deb xabar berdi BFMTV.

«Defans tumanidagi „To‘rt mavsum“ savdo markazida shanba kuni kunning ikkinchi yarmida ommaviy sarosima boshlandi. Politsiya manbalariga ko‘ra, erkak baland qavatdan sakragan, uning yiqilishi shovqinga sabab bo‘lgan, bu esa olomonda vahima uyg‘otgan», — deyiladi telekanal xabarida.

Qayd etilishicha, avvalroq «Tvitter» foydalanuvchilari xabar qilganidek, o‘q uzilmagan.