Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 5434 nafarga yetdi

Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 5434 nafarga, jarohat olganlar soni 31777 nafarga yetdi. Bu haqda Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Koja ma’lum qildi.


Turkiyaning markaziy qismida 39 soat ichida 160 dan ortiq zilzila sodir bo‘ldi

Yevropa seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyaning markaziy qismida 7,7 magnitudali birinchi kuchli zilziladan keyin 160 dan ortiq zilzilalar sodir bo‘lgan.

daйжест, жаҳон янгиликлари, тuркияdaги zilzila

Unga ko‘ra, seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 18.48 da Turkiyaning markaziy qismida yana 5,0 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan.

«Bu so‘nggi 39 soat ichida Turkiyaning markazida sodir bo‘lgan 165-sonli zilzila», — deyiladi markaz xabarida.


Turkiyaning Iskenderun portidagi yong‘in haligacha o‘chirilgani yo‘q

Dushanba kuni Turkiyada sodir bo‘lgan zilzila vaqtida Iskenderun portida ag‘darilgan yuk ortilgan konteynerlarda chiqqan yong‘in haligacha o‘chirilgani yo‘q.

daйжест, жаҳон янгиликлари, тuркияdaги zilzila

Mudofaa vazirligi avvalroq yong‘in muvaffaqiyatli o‘chirilgani haqida xabar berib, so‘ngra bayonotni o‘zgartirdi hamda yong‘in hali ham vertolyotlar va samolyotlar yordamida o‘chirilayotganini ta’kidladi.

Port hududidagi yong‘in dushanba kuni kechqurun zilzila paytida ag‘darilgan yuklar bo‘lgan konteynerlarda sodir bo‘lgan. Hozir port ishlamayapti, zilzila paytida uning infratuzilmasi buzilgan.

Mudofaa vazirligining dastlabki press-relizida «Iskenderun portidagi yong‘in quruqlikdagi qo‘shinlar vertolyotlari va Turkiya havo kuchlari samolyotlarining sa’y-harakatlari tufayli o‘chirildi» deyilgan.


Parijda politsiya namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatdi

Parijdagi pensiya islohotiga qarshi namoyishda politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatdi, hibsga olishlar boshlandi, deya xabar berdi RIA Novosti muxbiri voqea joyidan.

Parijda pensiya yoshini oshirishga qarshi norozilik namoyishiga chiqqan qora blok radikallari politsiyaga petarda va shisha idishlar uloqtirib, barrikadalar qura boshladi. Bunga javoban politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Birinchi hibsga olishlar boshlandi.

Avvalroq radikallar kafe va do‘konlarning oynalarini buzish, chiqindi qutilariga o‘t qo‘yish, reklama taxtalarini sindirishni boshlagan edi.


Latviyada uchuvchisiz uchish apparatlari zavodida yong‘in chiqdi

Latviyaning Marupes viloyatida uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar) zavodi yonayotgani taxmin qilinmoqda, deb xabar beradi seshanba kuni Delfi.

daйжест, жаҳон янгиликлари, тuркияdaги zilzila

Mamlakat davlat yong‘in va qutqaruv xizmati hodisani yuqori xavfli yong‘in deb atadi hamda tutun sog‘liq uchun xavfli bo‘lishi mumkinligi sababli aholini derazalarni yopish va ventilyatsiyani o‘chirishga chaqirdi.

Yong‘in tez tarqalayotgani, voqea joyida kamida 50 nafar o‘t o‘chiruvchi borligi aytilmoqda.


Pokistondagi yo‘l-transport hodisasida 25 kishi halok bo‘ldi

Pokistonning Ary News. telekanali mamlakat shimolida avtobus va avtomobil to‘qnashuvi oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi

«Gilgit-Baltistanning Chilas shahrida… Karakorum shossesida yo‘lovchi avtobusining avtomobil bilan to‘qnashib ketishi oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi, yana bir necha kishi jarohatlandi», — deyiladi xabarda.

To‘qnashuvdan so‘ng 45 yo‘lovchini olib ketayotgan avtobus va avtomobil jarlikka qulagan.

Qutqaruv guruhlari hamda politsiya jarohatlanganlar va halok bo‘lganlarning jasadlarini yaqin atrofdagi shifoxonaga yetkazgan. Xabar qilinishicha, qorong‘ulik tufayli favqulodda xizmatlarning ishi qiyinlashgan.


Londonda sobiq politsiyachi zo‘rlash jinoyati 36 martalik umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

24 ta zo‘rlashda aybdor deb topilgan London politsiyasining sobiq zobiti Devid Kerrik 36 martalik umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.

«Jami 36 umrbod qamoq jazosini tashkil etadi. Shartli ozodlikdan mahrum qilish komissiyasi sizning ozodligingizni ko‘rib chiqgunga qadar o‘tashingiz kerak bo‘lgan eng kam muddat — 30 yil 239 kun», — deya hukmni o‘qib eshittirdi sudya.

48 yoshli Kerrikning ishi keng jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘ldi. Erkak 17 yoshdan oshgan 12 ayolga qarshi 49 ta band bo‘yicha, jumladan 24 ta zo‘rlash bo‘yicha aybini tan oldi. Ba’zi da’volar bir nechta voqealar bo‘lib, jami kamida 85 ta jinsiy jinoyat holatlari mavjud bo‘lib, u Britaniyadagi eng xavfli jinsiy jinoyatchilardan biriga aylandi.


Shvetsiya Turkiya bilan NATO muzokaralarini davom ettirishni rejalashtirmoqda

Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson seshanba kuni, Anqara ham bunga tayyor bo‘lsa, Shvetsiya Turkiya bilan NATOga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashga tayyor, dedi.

Bu haqda u Estoniyaga tashrifi chog‘ida Bosh vazir Kaya Kallas bilan qo‘shma matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

«Biz qilishimiz kerak bo‘lgan birinchi narsa — vaziyatni tinchlantirish. Hamma narsa tom ma’noda yonayotgan paytda yaxshi suhbatlashish qiyin… Keling, tinchlanaylik, xavfsizlik masalalarini inobatga olib, muzokaralar stoliga qaytaylik. Menimcha, buning uchun yaxshi shart-sharoitlar bor», — dedi Ulf Kristersson matbuot anjumanida.


Peru janubidagi ko‘chkilar oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi, yana besh kishi bedarak yo‘qoldi

Peru janubidagi Kamana provinsiyasida sodir bo‘lgan ko‘chkilar oqibatida kamida sakkiz kishi halok bo‘ldi, yana besh kishi bedarak yo‘qoldi, deya xabar qildi Sinxua.

Dam olish kunlaridagi kuchli yomg‘irlar Pampaylimu, Venado-de-Oro, Infernilo, San-Martin, Miski va Sekocha kabi bir qancha joylarda ko‘chkilarga sabab bo‘ldi.

Miski va San-Martin shaharlarida mahalliy shaxtalarda ishlayotgan konchilar fojiali tarzda ko‘chki ostida qolib ketishgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videolarda vahima ichida qolgan aholi ko‘z o‘ngida katta miqdordagi loy va toshlar yo‘lidagi hamma narsani ko‘mib tashlaganini ko‘rish mumkin.