«Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyatining ma’lum qilishicha, 1 fevraldan boshlab shahar jamoat transporti, xususan, avtobus qatnovlarida qator o‘zgarishlar bo‘ldi.

Jumladan, 152-sonli «Chorsu savdo markazi ASHB — Moliya akademik litseyi» yangi bog‘lovchi avtobus yo‘nalishi harakati tashkil etilmoqda.

avtobus қатнови, jamoat transporti, тошкент shahri

«Chorsu savdo markazi ASHB»dan Alisher Navoiy, Abay, Zulfiyaxonim, Labzak, KHAY, Ziyolilar, Do‘rmon yo‘li, Bog‘ishamol, Gulshan, Zarbuloq ko‘chalari orqali «Moliya akademik litseyi»ga qadar, qaytish yo‘nalishida «Moliya akademik litseyi»dan Zarbuloq, Ozodlik, Namangan, THAY, Bog‘ishamol, Do‘rmon yo‘li, Ziyolilar, KHAY, Labzak, Zulfiyaxonim, Abay, Alisher Navoiy, Samarqand darvoza, Alisher Navoiy ko‘chalari orqali «Chorsu savdo markazi ASHB»ga qadar soat 5:30 dan 22:30 gacha harakatlanishi belgilangan.

Yo‘nalishdagi jadvallar soni Isuzu avtobuslari asosida ish kunlariga 5 ta, shanba kunlariga 4 ta va yakshanba kunlariga 3 ta etib belgilandi.

Bundan tashqari, 29-sonli yo‘nalish harakati qisqartirildi.

avtobus қатнови, jamoat transporti, тошкент shahri

Yangi xaritaga ko‘ra, yo‘nalish «Huvaydo mahallasi»dan Huvaydo, Al Xorazmiy, Beruniy, Alisher Navoiy ko‘chalari orqali «Chorsu savdo markazi ASHB»ga qadar tashkil etildi. Ish tartibi soat 6:00 dan 21:30 gacha, jadvallar soni Isuzu avtobuslari asosida ish kunlariga 3 (+1)ta, shanba va yakshanba kunlariga 2 (+1)ta etib belgilandi.

Shuningdek, 39-sonli «3-metro bekati — Qo‘yliq bozori» avtobus yo‘nalishi harakatiga o‘zgartirish kiritildi.

avtobus қатнови, jamoat transporti, тошкент shahri

Yo‘nalish harakati Farg‘ona yo‘li, Bektemir yo‘li, 4P21 Toshkent aylanma yo‘li ko‘chalari orqali «Food City savdo majmuasi»ga qadar ikki taraflama tashkil etildi.

52-sonli «Uchuvchilar shaharchasi — Toshkent vokzali» yetkazib beruvchi avtobus yo‘nalishi harakatiga ham o‘zgartirish kiritildi. Yo‘nalish harakati Qumariq, Lokomotiv, Abdurauf Fitrat, Abu Sulaymon Banokatiy, Sariko‘l, Turkiston ko‘chalari orqali va o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki taraflama tashkil etildi.

122-sonli «Karvon bozori bekati — Qo‘yliq dehqon bozori» avtobus yo‘nalishi harakati uzaytirildi.

avtobus қатнови, jamoat transporti, тошкент shahri

Yo‘nalish harakati THAYdan Bektemir yo‘li, 4P21 Toshkent aylanma yo‘li ko‘chalari orqali «Food City savdo majmuasi»ga qadar ikki taraflama tashkil etildi.

151-sonli «Yangi O‘zbekiston bog‘i — Buyuk Ipak yo‘li metrosi» bog‘lovchi avtobus yo‘nalishi harakati ham uzaydi. Yo‘nalish harakati O‘qituvchi, Maxtumquli ko‘chalari orqali Chirchiq daryosini kesib o‘tuvchi ko‘prik ostidan qayrilib, «Yangi O‘zbekiston bog‘i» bekatigacha tashkil etildi.

142-sonli «Katta Hasanboy mahallasi — Tiklanish mahallasi» yetkazib beruvchi avtobus yo‘nalishining harakatiga o‘zgartirish kiritildi.

avtobus қатнови, jamoat transporti, тошкент shahri

Harakat «Tiklanish mahallasi»dan Tiklanish, Moyqo‘rg‘on, Ahmad Donish, Amir Temur shohko‘chalari orqali «Shahriston metrosi» bekatiga qadar va ortga qayrilib o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda bir taraflama tashkil etildi.

59-sonli «Do‘stlik 2-mavzesi — Karvon bozori» avtobus yo‘nalishi harakatiga o‘zgartirish kiritildi.

avtobus қатнови, jamoat transporti, тошкент shahri

Yo‘nalish harakati Mehrigiyo ko‘chasidan Qo‘rg‘ontepa, Qo‘rg‘ontepa 1-tor, Oriyat, 4R21 Toshkent aylanma yo‘li ko‘chalari orqali va o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki taraflama tashkil etildi. Yo‘nalishdagi jadvallar soni ish, shanba va yakshanba kunlariga 9 (+1)ta etib belgilandi.

75-sonli «Obod mahallasi — Oqtepa maydoni» oralig‘ida harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishi harakati uzaytirildi.

avtobus қатнови, jamoat transporti, тошкент shahri

Yo‘nalish harakati Qirariq, Amir Temur ko‘chalari orqali «Samarqand mahallasi»ga qadar ikki taraflama tashkil etildi.

112-sonli «Qipchoq metrosi — Qo‘yliq dehqon bozori» oralig‘ida harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishi harakati uzaytirildi.

avtobus қатнови, jamoat transporti, тошкент shahri

Yo‘nalish harakati Yangi Sergeli yo‘li, Shokirariq, Oriyat ko‘chalari orqali «Olchazor mahallasi»ga qadar ikki taraflama tashkil etildi. Yo‘nalishdagi jadvallar soni Isuzu avtobuslari asosida ish va shanba kunlariga 6 (+2)ta, yakshanba kunlariga 5 (+2)ta etib belgilandi.

184-sonli «Binokor qo‘rg‘oni — Sergeli yarmarkasi» avtobus yo‘nalishi harakatiga o‘zgartirish kiritildi.

avtobus қатнови, jamoat transporti, тошкент shahri

Yo‘nalish harakati «Binokor qo‘rg‘oni»dan Sangzor, Sholikor, Oxunguzar ko‘chalari orqali «Toshloq mahallasi»ga qadar, «Sergeli yarmarkasi»dan Yangi Sergeli yo‘li, Obihayot ko‘chalari orqali Obihayot va Fayli ko‘chalari kesishgan chorrahaga qadar ikki taraflama tashkil etildi. Yo‘nalishdagi jadvallar soni Isuzu avtobuslari asosida ish kunlariga 5(+1)ta, shanba kunlariga 4 (+1)ta va yakshanba kunlariga 3 (+1)ta etib belgilandi.

126-sonli «Toshkent quvur zavodi — Chorsu savdo markazi» oralig‘ida harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishining shanba va yakshanba kunlari uchun ish tartibi soat 05:00 dan 21:00 gacha, bajariladigan qatnovlar soni shanba kunlari uchun 72 (+8)ta, yakshanba kunlari uchun 60 (+6)ta etib belgilandi.

35-sonli «5-bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi — Malika bekati» avtobus yo‘nalishi qayta ko‘rib chiqildi.

avtobus қатнови, jamoat transporti, тошкент shahri

  • Harakat to‘g‘ri yo‘nalishda «Yusuf Sakkokiy ko‘chasi» bekatidan Yusuf Sakkokiy, Ali Qushchi, Zakovat, Ko‘kcha darvoza, Laylito‘g‘on, Beruniy, Alisher Navoiy, Abay, Zulfiyaxonim, Labzak, Iftixor, Usta Shirin, Bog‘iravon, Mukarram Turg‘unboyeva ko‘chalari orqali «Mukarrama Turg‘unboyeva ko‘chasi» bekatiga qadar;
  • qaytish yo‘nalishida «Mukarrama Turg‘unboyeva ko‘chasi» bekatidan Mukarrama Turg‘unboyeva, Iftixor, Labzak, Zulfiyaxonim, Abay, Alisher Navoiy, Beruniy, Laylito‘g‘on, Ko‘kcha darvoza, Zakovat, Ali Qushchi, Yusuf Sakkokiy ko‘chalari orqali «Yusuf Sakkokiy ko‘chasi» bekatiga qadar tashkil etildi.

Yo‘nalishning ish tartibi soat 5:30 dan 22:15 gacha, yo‘nalishdagi jadvallar soni Isuzu avtobuslari asosida ish kunlariga 8 (+5)ta, shanba kunlariga 7 (+4)ta va yakshanba kunlariga 6 (+3)ta etib belgilandi.

120-sonli «Chorsu metrosi — Keles» avtobus yo‘nalishi harakati Keles yo‘li bo‘ylab «Ko‘kterak» bozoriga qadar ikki taraflama tashkil etildi.

avtobus қатнови, jamoat transporti, тошкент shahri

Yo‘nalishdagi jadvallar soni Isuzu avtobuslari asosida ish kunlariga 5 (+2)ta, shanba va yakshanba kunlariga 4 (+2)ta etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev huzurida 31 yanvar kuni Toshkent shahri va viloyat markazlarida jamoat transportining yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tgandi.

Unda prezident transport korxonalari kunlik tushum «plani»ni bajarishga bog‘lanib qolib, kunning «eng daromadli» paytida harakatlanishga odatlanganini tanqid qilgan. Shu sababli endilikda mablag‘ avtobusning yurgan masofasi va odamlar bu xizmatdan roziligiga qarab berilishi qayd etilgan.

Bundan tashqari, majlisda viloyatlar hokimlariga Transport vazirligi va Transport universiteti bilan birgalikda 1 iyulga qadar barcha viloyat markazlarining Transport bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berilgan. Bunda aholi orasida alohida so‘rov o‘tkazib, ularning fikrlari olinishi ko‘zda tutilgan.