2−4 yanvar kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Chotqol tizmasining «Chimyon» tog‘lari tabiiy hududi bo‘ylab qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi, deya xabar qildi O‘zgidromet.

Tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar hamda dam oluvchilar va tog‘li hududlarda harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishlari so‘raldi.

2 yanvardan O‘zbekiston hududiga Kavkaz mintaqalaridan nam havo oqimining kirib kelishi kutilmoqda.

2−3 yanvar kunlari respublika bo‘ylab shamolning tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi, Navoiy va Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlarida 25−30 m/s gacha yetishi mumkin.

3−4 yanvar kunlari O‘zbekiston hududida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘ladi.