Toshkent metropolitenining «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishida belgilangan tartibda soat 05:00 dan emas soat 07:10 dan poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi, deya xabar bermoqda metropoliten matbuot xizmati.

Bunga sabab — yangi metro bekatlarining qurilishi bilan bog‘liq qurilish, ta’mirlash ishlari tungi belgilangan vaqt oralig‘ida bajarilishi rejalangan. «Gazeta.uz»ning aniqlik kiritishicha, tartib faqat bir kun — 28 dekabr uchun joriy etilgan.

Hozirda mavjud metro yo‘nalishlarda poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatini davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 16 dekabrdan metropolitenning yer usti halqa liniyasida texnik ishlar bajarilishi sabab poyezdlar soat 23:00 gacha harakatla boshlagandi.