22 dekabr kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari o‘tkazgan muzokaralar chog‘ida Ostona shahri markazida buyuk o‘zbek shoiri, davlat arbobi Alisher Navoiy haykalini o‘rnatish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi xabar qildi.

«Bu umumiy tariximiz va madaniyatimizga katta ehtiromning yorqin tasdig‘i, qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari abadiyligi ramzidir», — dedi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

Shu bilan birga, prezident umumiy madaniy-tarixiy merosni o‘rganish va ommalashtirish bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, shu maqsadda TV, radio va veb-saytdan iborat qo‘shma axborot resursini tashkil etish, buyuk yozuvchi va shoirlar asarlarini nashr qilishni taklif etdi.