So‘nggi bir hafta ichida O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni oshgani kuzatildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 18 noyabr, juma kuni 92 ta holat qayd etilgan, shundan 71 tasi Toshkent shahrida.

Yana 10 nafar bemor Toshkent viloyatida aniqlangan. Buxoro viloyatida — 3 nafar, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlarida 2 kishi kovidga chalingani ma’lum qilindi. Qashqadaryo va Surxondaryoda ham 1 kishi virus yuqtigan.

Ma’lumot uchun, payshanba kuni 69 kishining kovid yuqtirgani rasman tasdiqlangandi, chorshanba kuni — 61, seshanba kuni — 48, dushanba kuni — 21 kishi. Taqqoslash uchun, oktabr oyida kunlik kasallanish ko‘rsatkichi 28 tadan, sentabrda esa 21 tadan oshmagan edi.

O‘zbekistonda 2020 yilning mart oyidan beri jami 245 ming kishida koronavirus aniqlandi, ulardan 1637 nafari rasmiylar tomonidan koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgani tan olinadi.