O‘zgidromet markazi dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, juma kuni respublika hududiga janubiy siklon kirib kelishi kutilmoqda, buning hisobiga respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida yomg‘ir kuchsiz, janubiy va markaziy hududlarda esa bir ozdan o‘rtacha tezlikda yog‘ishi kutilmoqda. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, ba’zi joylarda bu holat kuchli bo‘lishi mumkin.

Ayrim hududlarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo +14…+17 darajagacha isiydi, bu ushbu kunning me’yoriy qiymatlariga yaqindir.

Shanba kuni respublikaning katta qismida yomg‘irli ob-havo saqlanib turadi, Qoraqalpog‘iston respudlikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi sababli uzoqni ko‘rish yomonlashishi mumkin. Ayrim hududlarda shamol 15−20 m/s gacha esishi davom etadi. Havo harorati kechasi +5…+10 daraja, kunduzi +10…+15 daraja bo‘ladi.

Yakshanba kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushadi. Havo harorati kechasi +3…+8 darajani, kunduzi +10…+15 darajani tashkil etadi.

Avvalroq O‘zgidromet 18−22 noyabr kunlari kuchli yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishi sababli Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Toshkent, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida qor ko‘chish xavfini e’lon qilgandi.