18 noyabr kuni Salam Air aviakompaniyasining havo kemasi ilk bor Namangan xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shu kunning o‘zida Maskat-Namangan-Maskat yo‘nalishidagi aviaqatnovlarning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Aviakompaniyaning A-320 rusumli samolyoti Namangandan Maskat shahriga 184 nafar yo‘lovchini olib ketdi.

Eslatib o‘tamiz, 24 noyabridan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Namangandan Orenburgga qatnovlarni tiklanishi xabar berilgandi.Parvozlar haftaning payshanba kunlari amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, Salam Air narxlari arzonlashtirilgan biletga ega loukoster kompaniya hisoblanadi. U 2016 yilda tashkil etilgan. Hozirda 33 ta yo‘nalishda Yaqin Sharq, Osiyo va Yevropa davlatlariga parvozlarni amalga oshiradi.