Yakshanba kuni O‘zbekistonda elektr ta’minotidagi uzilishlar ortidan tarmoqlarda fuqarolar gaz bosimi ham pasayib ketganidan shikoyat qila boshladi. Ular qatorida «O‘zbekiston24» telekanali jurnalisti, bloger Aziza Qurbonova ham gaz bosimining kuchi hattoki choy damlashga ham yetmayotganini tanqid qildi.

«Salom, mening nomim-gaz. Lekin bunga shubham bor. Kuchim faqat miltillashga yetadi. 20 minutdan beri choy ham qaynatolmayman. Egalarim o‘tmishim-o‘choqqa qaytishgan. Ha, shunaqa. Manzilim Uchtepa tumani, Cho‘ponota mahallasi», — deya kinoyali post yozib qoldirdi.

Uning Facebook`dagi mazkur posti ostida Uchtepa tuman hokimligining rasmiy sahifasi nomidan (hokimning matbuot kotibi To‘rabek To‘rayev ekanligi aytilmoqda) quyidagicha izoh qoldirdi:


Shundan so‘ng, asosiy masala ortda qolib, foydalanuvchilar tuman hokimligi matbuot xizmatining xatolarga to‘la yozgan izohini muhokama qilishga o‘tib ketgan. Hattoki, ulardan biri Aziza Qurbonova soliq to‘layotgani va hokimlik xodimlari shuning hisobidan oylik olayotganini eslatib o‘tgan hamda uning bunday ohangda javob berishini «yovvoyilik» deb atagan. «Hokimlik molxona emasku, to‘g‘rimi?», — degan savol bilan yuzlangan foydalanuvchi.

Jurnalistning o‘zini tanishtirishni so‘raganiga tuman hokimligi sahifasidan quyidagicha javob kelgan:

Shundan so‘ng tarmoq foydalanuvchilari ko‘proq savollarni o‘rtaga tashlagan, kimdir esa yuqoridagi holatni kulguli ekanligini ta’kidlagan.

«Hokimlik akkauntidan yozilgan bunday gaplarni o‘qish juda kulgili bo‘larkan», — deb izoh qoldirgan Jamshid Niyozov ismli foydalanuvchi.

Postlar orasida noodatiylari ham yo‘q emas. Misol uchun Feruzbek Sayfullayev aholidan gaz yo‘qligi uchun daraxtlarni kesib o‘tin sifatida ishlatmaslikni so‘ragan.

«Daraxtlarni kesmanglar gaz uchun iltimos. Qiynalsangizlar ham chidanglar. Gaz bo‘lmasa gaz tashkilotlarini sudga beringlar. Iltimos faqat daraxtlarni kesmanglar. Har yili „svet“, gaz o‘chmaydi deb, bizni aldashadi. Ammo chidab qishdanam o‘tib olamiz, toza bahorda bizni kasalliklardan himoya qiladigan daraxtlarni kesmanglar», — deb yozadi u.

Post ostidagi mazkur qiziqarli bahs-munozaradan so‘ng, Aziza Qurbonova holatga o‘zining munosabatini bildirdi.

«Kommunikatsiya so‘raganmidinglar? Mana u. Tepadagi postimga Uchtepa tuman hokimligining Facebook`dagi akkaunti shunday javob beribdi. Ko‘p ehtimol bilan bu matbuot xizmati boshlig‘ining gaplari. „To‘rabek To‘rayev?“ degan savolimga javob ham bermadi va inkor ham etmadi. Klassik javob berilgan-a, nima dedingiz?», — dedi u.

«Yashasin, „noliyverma, cyen o‘zing davlatga nima qilib qo‘yding“ klishesi. Yashasin, axborot xizmatining saviyasi. Yashasin, xalqining og‘ir va yengil kunlarida birga shu havodan nafas olgan va olayotgan, qachondir tepada (qaysi tepaligiga aniqlik kiritilmagan) ishlaganida birovni g‘azablantirmagan va „aq(i)llilik“ qilmagan Uchtepa tumani hokimligi akkaunti», — deydi jurnalist.

Aziza Qurbonova quyidagicha kinoya bilan yakun yasaydi: «Yashasin, olovga (qani o‘sha olov-2 coatdan beri teftel sho‘rvam qaynamaydi) yog‘ sepadigan va o‘zi tumanga hech narsa qilib bermagan, kattalarni hurmat qilmaydigan, Uchtepa tumani hokimligi akkaunti avval o‘tirib ko‘rgan tepada o‘tiradigan (qaysi tepa ekan, borardim o‘shatga) g‘alamis Azizabonu. Mana o‘zbekcha crisis communication va public relations dan mahorat darsi. O‘rganinglar. Essiz».