17 oktabrdan 764/763 sonli Toshkent — Samarqand-Toshkent yo‘nalishidagi yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdi Dashtobod (Jizzax) bekatida to‘xtab o‘tadi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lovchi» AJ matbuot xizmatining xabar berdi.

Shu maqsadda, poyezd bekatida chiptaxona va kutish zali tashkillashtiriladi.

Harakat jadvali quyidagicha:

  • 764-sonli poyezd Toshkent 8:25 — Dashtobod 9:32—09:34 — Samarqand 10:38;
  • 763-sonli poyezd Samarqand 16:11 — Dashtobod 17:14—17:16 — Toshkent 18:25.

Dashtobod temiryo‘l bekati Zomin tumanida joylashgan bo‘lib, bu yerda turistlar uchun jozibali bo‘lgan Zomin milliy tabiat bog‘i joylashgan.