Uzbekistan Airways Mo‘ynoq va Nukus aholisi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida yangi reys tashkil etilayotganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 12 sentabrdan boshlab Nukus-Mo‘ynoq-Nukus yo‘nalishidagi qatnovlarni joriy qilinadi. Aviaqatnovlar dushanba kunlari amalga oshiriladi.

  • Nukusdan jo‘nab ketish: 09:45;
  • Mo‘ynoqqa yetib borish: 10:45;
  • Mo‘ynoqdan jo‘nab ketish: 11:25;
  • Nukusga yetib borish: 12:25.

Shuningdek, faqat 9 sentabr kuni HY-012 Nukus — Toshkent yo‘nalishida aviaqatnov Mo‘ynoq ayeroportiga qo‘nib, yo‘lovchilarni bortga qabul qiladi hamda quyida ko‘rsatilgan jadval bo‘yicha amalga oshiriladi:

  • Nukusdan jo‘nab ketish: 09:45;
  • Mo‘ynoqqa yetib borish: 10:45;
  • Mo‘ynoqdan jo‘nab ketish: 11:25;
  • Toshkentga yetib borish: 13:25.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mo‘ynoq shahridagi aeroport qayta ta’mirlanib, yangi ko‘rinishda ishga tushirilgandi.