Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidentini Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotladi. Taqdirlash to‘g‘risidagi farmon 23 iyul kuni huquqiy axborot rasmiy internet-portalida e’lon qilindi.

Hujjatda Shavkat Mirziyoyev «Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashdagi ulkan xizmatlari uchun» mukofotlangani qayd etilgan.

Aleksandr Nevskiy ordeni taniqli xorijiy siyosiy va jamoat arboblariga, xorijiy davlatlar ishbilarmon doiralari vakillariga RF bilan ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishdagi xizmatlari va uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ko‘magi uchun berilishi mumkin.