5 iyun kuni Samarqand viloyati Narpay tumani «Sari bozor» MFYda joylashgan oziq-ovqat do‘konlarida yong‘in sodir bo‘lgandi. Dushanba kuni FVV yong‘in oqibatida uchta do‘konning taxminan 70 kv.m. maydoni zararlanganini ma’lum qilgandi.

7 iyun kuni viloyat FVB yong‘in yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, mutaxassislar tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilib, yong‘in ko‘proq maydonga zarar yetkazgani aniqlangan.

«16 tadan ortiq savdo do‘konlarining taxminan 240 kv.m. maydoni yonib zararlangan. Hozirgi kunda tergovga qadar tekshiruv harakatlari va mulk egalari bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etmoqda», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.