O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan soliq imtiyozlari va preferensiyalar, jumladan, prezident, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida nazarda tutilgan individual imtiyozlar, ular tomonidan to‘langan soliqlar va moliyaviy ko‘rsatkichlar tahlil qilindi.
Ochiq ma’lumotlar portalida 2022 yilning birinchi choragi uchun imtiyozli tadbirkorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud. Jumladan, ushbu davrda 44183 korxona jami 9 trln so‘mdan ortiq soliq imtiyozlaridan foydalandi.
№ | Soliq turi | Imtiyozlar miqdori (mlrd so‘m) |
1 | Qo‘shilgan qiymat solig‘i | 8 446,65 (93,5%) |
2 | Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i | 146,6 (1,6%) |
3 | Foyda solig‘i | 146,2 (1,6%) |
4 | Yer solig‘i | 121,1 (1,3%) |
5 | Ijtimoiy soliq | 90,0 (1%) |
6 | Mol-mulk solig‘i | 54,5 (0,6%) |
7 | Aylanmadan olinadigan soliq | 30,8 (0,3%) |
Jami | 9 035,90 |
Soliq imtiyozlari 7 turdagi soliqlar bo‘yicha berilgan va ularning salmoqli qismi qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) hissasiga to‘g‘ri keladi (93,5%). Keyingi o‘rinlardan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (1,6%), foyda solig‘i (1,6%), yer solig‘i (1,3%), ijtimoiy soliq (1%), mol-mulk solig‘i (0,6%) va aylanmadan olinadigan soliqlar (0,3%) joy olgan.
Sohalar kesimida bo‘yicha tog‘-kon sanoati, bank, transport, farmatsevtika, kommunal xizmat ko‘rsatish, neft-gaz qazib chiqarish, energetika, sug‘urta, tibbiyot, qurilish, dam olish, sport va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat yuritgan korxonalar imtiyozlardan foydalangan.
№ | Soliq turi | Imtiyoz oluvchilar soni |
1 | QQS | 16656 (37,7%) |
2 | JSHODS | 12040 (27,3%) |
3 | Foyda solig‘i | 5199 (11,8%) |
4 | Yer solig‘i | 4951 (11,2%) |
5 | Maxsus soliq | 2639 (6%) |
6 | Mol-mulk solig‘i | 1926 (4,3%) |
7 | Aylanmadan soliq | 772 (1.7%) |
Jami | 44 183 |
Soliq imtiyozlari ichida eng ko‘p qo‘llanilgan turi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘lib, undan 16 565 ta yoki 37,7% xo‘jalik yurituvchi subyekt foydalangan. Eng kam imtiyoz qo‘llanilgan soliq turi esa foyda solig‘i sanaladi, ushbu imtiyozdan 772 ta yoki 1,7% tadbirkorlik subyekti foydalangan.
Quyidagi jadvalda eng ko‘p miqdorda soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan Top-20 xo‘jalik yurituvchi subyekt va ularga berilgan imtiyoz summasi bilan tanishish mumkin:
№ | Kompaniyalar nomi | Imtiyozlar miqdori (mlrd so‘m) |
1 | «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ | 1 327, 1 |
2 | TIF «O‘zmilliy bank» AJ | 530, 6 |
3 | «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ | 457,3 |
4 | «Ipoteka-bank» | 422,2 |
5 | "O‘zbekiston sanoat-qurilish bank" ATB | 400,9 |
6 | «Agrobank» | 397,7 |
7 | "Asaka" bank | 251,9 |
8 | Xalq banki | 195,1 |
9 | «Kapitalbank» | 181,3 |
10 | "Asia trans gas" MCHJ | 164,8 |
11 | «Qishloq qurilish bank» | 159,4 |
12 | «Uzbekistan airways» AJ | 152,8 |
13 | «Grand pharm trade» MCHJ | 148,3 |
14 | «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ | 147,6 |
15 | «Mikrokreditbank» | 129,5 |
16 | "Xamkorbank" | 125 |
17 | Meros pharm MCHJ | 94,8 |
18 | «Aloqabank» | 77,9 |
19 | "Trastbank" | 58,5 |
20 | "To‘ron bank" | 47,5 |
Mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan Top-10 korxona
№ | Kompaniyalar nomi | Imtiyozlar miqdori (mlrd so‘m) |
1 | Zarafshon oyna MCHJ | 1,81 |
2 | Akfa Dream World MCHJ | 0,9 |
3 | Akfa Extrusions MCHJ | 0,9 |
4 | «Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘masi» | 0,8 |
5 | «Toshissiqquvvati» DUK | 0,7 |
6 | «Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti» MCHJ | 0,7 |
7 | Namangan-istiqlol bog‘i MCHJ | 0,7 |
8 | Xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | 0,5 |
9 | Asosiy biznes MCHJ | 0,5 |
10 | Oziq ovqat standart karton MCHJ | 0,4 |
QQS
QQS bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan Top-10 korxona
№ | Korxonalar nomlari | Imtiyozlar miqdori (mlrd so‘m) |
1 | «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ | 1 327,1 |
2 | «O‘zmilliy bank» AJ | 530,6 |
3 | «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ | 457,3 |
4 | «Ipoteka-bank» | 422,2 |
5 | "O‘zbekiston sanoat-qurilish bank" ATB | 400,9 |
6 | «Agrobank» | 397,7 |
7 | "Asaka" banki | 251,9 |
8 | Xalq banki | 195,1 |
9 | «Kapitalbank» | 181,3 |
10 | Asia Trans Gas MCHJ | 164,8 |
Ijtimoiy soliq
Ijtimoiy soliq bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan Top-10 korxona
№ | Kompaniyalar nomi | Imtiyozlar miqdori (mlrd so‘m) |
1 | Lukoil Uzbekistan operating company MCHJ | 7, 7 |
2 | Yagona umumrespublika protsessing markazi (YeOPS / Uzcard) | 3,5 |
3 | Epam systems | 2,8 |
4 | Surhan gas chemical operating company | 2,5 |
5 | «O‘zbekgeofizika» | 2,3 |
6 | Jalaquduq tuman hokimligi | 2,3 |
7 | Metodik ta’minlash bo‘limi | 1,8 |
8 | DM IT group | 1,7 |
9 | Hyundai engineering co. LTD | 1,2 |
10 | Fido-biznes | 1,2 |
JSHODS
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan Top-10 korxona
№ | Kompaniyalar nomi | Imtiyozlar miqdori (mlrd so‘m) |
1 | «Xamkorbank» | 4,6 |
2 | "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ | 3,3 |
3 | «Ipoteka-bank» | 3,2 |
4 | Xalq banki | 2,7 |
5 | So‘x tumani Xalq ta’limi bo‘limi | 2,6 |
6 | Naxshab-texno metal MCHJ | 2,3 |
7 | Agro city MCHJ | 2,2 |
8 | Navobod naslli parranda | 1,8 |
9 | «Kapitalbank» | 1,7 |
10 | AO Uzbekistan airways | 1,6 |
Aylanmadan olinadigan soliq
Aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan Top-10 korxona
№ | Kompaniyalar nomi | Imtiyozlar miqdori (mlrd so‘m) |
1 | Basell trade MCHJ | 0,8 |
2 | Bog‘ot trade 777 MCHJ | 0,7 |
3 | Bek music MCHJ | 0, 3 |
4 | Jayxun-lakrista MCHJ | 0, 3 |
5 | Aviatash MCHJ | 0, 2 |
6 | Angren-qamish-obliq | 0, 2 |
7 | Bahori lola MCHJ | 0, 2 |
8 | Aloqa servis nurbulo XK | 0, 2 |
9 | Gessonit gold MCHJ | 0, 2 |
10 | Hurshid joyil soft XK | 0,2 |
Foyda solig‘i
Foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan Top-10 korxona
№ | Kompaniyalar nomi | Imtiyozlar miqdori (mlrd so‘m) |
1 | Xalq banki | 33,6 |
2 | «Toshkent shahridagi Yeodju texnika instituti» MCHJ QK | 21,6 |
3 | Renaissance Heavy Industries | 17,5 |
4 | «Sibir» aviakompaniyasi" AJning vakolatxonasi | 15,8 |
5 | «Abu dhabi uzbek investment» MCHJ QK | 6,5 |
6 | Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi DUK | 5 |
7 | Procab MCHJ | 2,3 |
8 | Poytaxt qurilish va xizmat DUK | 2,1 |
9 | «Air astana» PU vakolatxonasi | 1,8 |
10 | Parkent broiler MCHJ | 1,4 |
Yer solig‘i
Yer solig‘i bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan Top-10 korxona
№ | Kompaniyalar nomi | Imtiyozlar miqdori (mlrd so‘m) |
1 | Toshkent shahar suv ta’minoti MCHJ | 9,5 |
2 | Amirsoy MCHJ | 9,4 |
3 | «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ | 6,2 |
4 | «O‘zbekgidroenergo» AJning «O‘rta chirchiq GESlari kaskadi» UK | 5,3 |
5 | «Toshkent shahar kichik sanoat zonalarini boshqarish direktsiyasi» DM | 4 |
6 | Qo‘ng‘irot yo‘llardan muntazam foydalanish | 3,8 |
7 | «To‘polang gidroelektrostansiya davlat korxonasi» UK | 3,6 |
8 | «MCHJ shaklidagi dam olish va sportni rivojlantirish xalqaro korporatsiyasi qo‘shma korxonasi» MCHJ | 3,1 |
9 | «O‘zekspomarkaz» AJ | 2,4 |
10 | «Markaziy ippodrom» AJ | 2,3 |
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Shunigdek, ma’lumotda soliq imtiyoziga ega bo‘lib, umuman soliq to‘lamagan korxonalar ham mavjud. Ular imtiyozga ega bo‘lgan jami soliq to‘lovchilarning 35% yoki 15478 tani tashkil etadi. O‘rganish davrida bunday korxonalarning jami soliq imtiyozlari miqdori 3 trillion so‘mdan ziyodni tashkil etgan. Quyida ushbu korxonalar Top-10ligi hamda ular ega bo‘lgan soliq imtiyozining miqdori va turi aks etgan:
№ | Kompaniyalar nomi | Soliq imtiyozning turi | Imtiyozlar miqdori (mlrd so‘m) |
1 | «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ | QQS | 1327,1 |
2 | Uzbekistan airways | QQS | 152,8 |
3 | «Toshissiqquvvati» DUK | QQS | 35,4 |
4 | «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ | QQS | 33,6 |
5 | Farm Luks Invest MCHJ | QQS | 24,1 |
6 | SFI management group MCHJ | QQS | 19,5 |
7 | Renaissance Heavy Industries | Foyda solig‘i | 17,5 |
8 | ERIELL OFSME DMCC — 0173 | QQS | 16,2 |
9 | «Sibir» aviakompaniyasi" AJning vakolatxonasi | Foyda solig‘i | 15,8 |
10 | Constanta group | QQS | 14,6 |