Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Beruniy tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangani ma’lum qilindi.

«B.A.» MCHJning avtomobil haydashni o‘rgatuvchi xodimi fuqaro Z.N. va uning 3 nafar tanishiga o‘quv jarayonlariga umuman qatnashtirmasdan, haydovchilik guvohnomasini olib berishini va’da qilganligi aytilmoqda.

U imtihon jarayonidan tanishlari orqali o‘tkazib qo‘yishiga ishontirgan. Buning evaziga 800 AQSh dollari va 16 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushdi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.