Farg‘ona viloyati Furqat tumani IIB xodimlari 20 aprel kuni fuqaro M.R. Bekobod qishlog‘i hududidagi o‘ziga tegishli tomorqa maydonida 55 tup ko‘knori yetishtirayotganini aniqladi, deb xabar berdi IIV matbuot xizmati.

Holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan (ekish taqiqlangan ekinlarni yetishtirish / uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Aniqlangan ko‘knori o‘simliklari ashyoviy dalil sifatida olingan, gumondor esa hibsga olingan.

Eslatib o‘tamiz, 14 aprel kuni Furqat tumani IIB xodimlari fuqaro X.K. o‘z tomorqasida 6 tup ko‘knori o‘stirayotganini aniqlagan edi.