Ramazon oyi kechalaridagi taroveh namozi munosabati bilan ayrim masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Quyidagi ko‘chalarda har kuni soat 18:00 dan 24:00 ga qadar harakat cheklanadi:

  • Quddusi Sharif masjidi bo‘yicha: Yangi Sergili ko‘chasidan — Qipchoq ko‘chasi bo‘ylab, Nilufar ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  • Mirza Yusuf (Bodomzor) masjidi bo‘yicha: Bog‘ishamol ko‘chasidan Chingiz Aytmatov ko‘chasi bo‘ylab Qozi tarnov 2-tor ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  • Shayx Zayniddin masjidi bo‘yicha: Beshqarag‘och ko‘chasidan-Ko‘kcha darvoza ko‘chasi bo‘ylab, Nurafshon ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  • Novza masjidi bo‘yicha: Muqimiy ko‘chasidan Bunyodkor maxaliy yo‘li bo‘ylab, Seul ko‘chasigacha bo‘lgan qismi ;
  • Islom ota masjidi bo‘yicha: Farg‘ona yo‘li 5-tor yo‘lidan Farg‘ona yo‘lining maxalliy yo‘li bo‘ylab, Olot ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  • Yunusobod Oq tepa masjidi bo‘yicha: Amir Temir shox ko‘chasidan Chinobod ko‘chasi bo‘ylab, Darvoza kent ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  • Fotima i Zaxro masjidi bo‘yicha: Nurafshon ko‘chasidan Oqtepa Majlisiy ko‘chasi bo‘ylab, Katta Oq tepa ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  • Bo‘ta buva masjidi bo‘yicha: Bunyodkor shox ko‘chasidan Beshqo‘rg‘on ko‘chasi bo‘ylab, Beshqo‘rg‘on 4-tor ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  • Yakkasaroy masjidi bo‘yicha: Shota Rustaveli ko‘chasidan Yakkasaroy ko‘chavsi bo‘ylab, Bog‘ibo‘ston ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  • Usmon Bin Ma’zun masjidi bo‘yicha: Qushbegi ko‘chasidan KXAY bo‘ylab, Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Foto


Holatga qarab, namozxonlar soni ko‘payib ketgan taqdirda masjidga tutashgan boshqa yo‘llar ham yopilishi mumkin, deyiladi xabarda. Haydovchilardan berkitilgan ko‘chalar oldidan chetlab o‘tish so‘ralmoqda.