Farrux Pulatov Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Nigoh Telegram kanali xabar berdi.

Shu kunga qadar u «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi sifatida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimida Pulatovga qadar 2021 yilning yanvaridan Fazliddin Umarov ishlab kelgan. U shu yilning fevralida Samarqand shahar hokimi etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, Farrux Po‘latov (1979 yilda tug‘ilgan) Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti (hozirgi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti) Farg‘ona boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. Shuningdek, Farg‘ona va Namangan viloyatlari prokuratura organlarida turli lavozimlarda ishlagan.