Poytaxtda Nogironlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda turizm vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Markaz Ijtimoiy turizm assotsiatsiyasi hamda Turizm va madaniy meros vazirligi hamkorligida tashkil etilgan. Uning asosiy maqsadi nogironligi bor fuqarolar va ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun xayriya tadbirlarini o‘tkazishdan iborat.

Nogironlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash markazining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • inklyuziv turizmni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish;
  • nogironlarning harakatlanishi uchun sharoit yaratishga ko‘maklashish;
  • ijtimoiy turizm sohasida davlat dasturlari, huquqiy hujjatlar va boshqa qarorlar loyihalarini ishlab chiqish va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
  • turistik obektlarda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish;
  • Samarqand, Buxoro, Xiva, Qoraqalpog‘istonda qulay turistik yo‘nalishlarni rivojlantirish;
  • vazirliklar va boshqa davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda xayriya tadbirlarini tashkil etish.

Ushbu markaz «Toshkent — 24» uyidagi «Navro‘z» etnoparkida joylashgan.