Sherali Yuldashev Samarqand viloyati Nurobod tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligida o‘tkazilayotgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilingan.

Sherali Yuldashev 1971 yilda Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Tayinlovga qadar xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati mudiri lavozimida ishlangan.

U avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan viloyatdagi bir qator rahbarlar bilan birgalikda «faoliyatida jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun» ishdan bo‘shatilgan Fazliddin Zairov o‘rniga tayinlandi.