Yunusobod tumanidagi Bo‘z-suv suv olish inshooti hududida D-1000 tarmoqda yuzaga kelgan nosozlik tufayli ushbu tarmoq o‘chirildi, deya ma’lum qilindi «O‘zsuvta’minot» kompaniyasi Telegram-kanalida.

Shu sababli Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlaridagi Firdavsiy, Shivli, Mingo‘rik, Yangi tarnov, Otchopar, Shahriston, Xalqobod, Ezgulik, Injobod, Otchopar 1, Otchopar 2, Xiyobontepa, Iftixor, Yangi Ariq, Turk Qo‘rg‘on, Usta Shirin, Markaz-4 mavzesi, 7-sonli shahar kasalxonasi, Oqqo‘rg‘on MFY hududlari suvsiz qoladi.

Suvsiz qolgan hududlar suv tashuvchi texnika orqali suv bilan ta’minlanadi, deyiladi xabarda.