Xorazm viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Ismailov Sherzod Bekberganovich tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimi Farhod Ermanovning feysbuk sahifasida e’lon qilindi.

Sherzod Ismailov tayinlovga qadar O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchixonasi savdo iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat olib borgan.

U 2018 yildan buyon mazkur lavozimda ishlab kelgan To‘laganov Shavkat Obidjonovich o‘rnini egalladi.